IT Park USAIDʼning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish Loyihasi, Beeline Uzbekistan Digital-operatori, “Wonder Women” xalqaro hamjamiyati, TBC Bank va Huawei ko‘magida Tumaris.Tech loyihasi doirasida ayollar startap loyihalarini turli bosqichlarda rivojlantirish bo‘yicha ikkinchi Markaziy Osiyo dasturini ishga tushirdi.
9-dekabr kuni Tumaris.Tech dasturida startaplar uchun Pitch Day oʻtkazildi, unda startap gʻoyasi boʻlgan boshlangʻich jamoalar ham, rivojlangan biznes modeli va MVPʼga ega bo‘lgan tajribali jamoalar ham ishtirok etdilar.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 87 ta ariza topshirildi, ulardan 47 ta loyiha Pitch Dayʼda taqdim etildi. Startap taqdimoti uchun uch daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqt berilgan edi, hakamlar hayʼati bilan muloqotga esa 2 daqiqa vaqt berildi.
Pitch Day natijalariga koʻra, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchun O‘zbekistondan 13 ta, Qozog‘istondan 14 ta, Qirg‘izistondan 7 ta, Tojikistondan 1 ta loyiha tanlab olindi.
Hakamlar hay’ati a’zolari quyidagilar boʻldi:
Eslatib oʻtamiz, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari 12-dekabrda boshlanadi va rus tilida 2 oy davomida onlayn formatda oʻtkaziladi. Dastur ishtirokchilari xalqaro ekspertlar bilan taʼlim va strategik sessiyalar, oʻqitilgan mutaxassislar bilan trekerlik, moliyaviy savodxonlik kurslari, notiqlik va vaqtni boshqarish boʻyicha vorkshoplar, qiziqtirgan savollar boʻyicha konsultatsiyalar, startap hamjamiyati oʻrtasida networking kutmoqda.
Eng yaxshi loyihalar Toshkentdagi xalqaro startap loyihalar koʻrgazmasiga tashrif buyurish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bundan tashqari, eng istiqbolli loyihalar sarmoyaviy platformaga kirish imkoniyatiga ega boʻlishadi, buning natijasida ular oʻz loyihalarini amalga oshirish uchun investor topishlari mumkin boʻladi.
Dasturga oʻtgan loyihalar roʻyxati:
1. IbnSino (Oʻzbekiston)
2. EduSmart (Qozogʻiston)
3. Sapattuu bilim (Qirgʻiziston)
4. Birge (Qozogʻiston)
5. Happy.kg (Qirgʻiziston)
6. Event marketplace
7. Veganuz (Oʻzbekiston)
8. ITKUPRIK (Oʻzbekiston)
9. Connect (Qozogʻiston)
10. Tissup (Qozogʻiston)
11. Charm (Qirgʻiziston)
12. ELT Career Booster (Oʻzbekiston)
13. Panacea (Oʻzbekiston)
14. JanaOmir (Qozogʻiston)
15. Invest Intelligence (Oʻzbekiston)
16. EasyStep (Qozogʻiston)
17. Mavi (Qozogʻiston)
18. AYSBOT (Qozogʻiston)
19. Engmarion (Qirgʻiziston)
20. SLAY (Qozogʻiston)
21. Eat time (Qirgʻiziston)
22. INFLORENCE (Qozogʻiston)
23. IB Tutor (Qozogʻiston)
24. Pathment (Qozogʻiston)
25. Zabota.uz (Oʻzbekiston)
26. kidsGram (Tojikiston)
27. zerobot (Oʻzbekiston)
28. Clever (Qirgʻiziston)
29. Gnezdo (Qozogʻiston)
30. Selby (Oʻzbekiston)
31. OzyQ (Qozogʻiston)
32. Foris (Qirgʻiziston)
33. cashup (Oʻzbekiston)
34. MoveIt (Oʻzbekiston)
35. RentUy (Oʻzbekiston)
2022-12-10