Tumaris Tech loyihasi bepul dasturining ikkinchi toʻlqiniga roʻyxatdan oʻtish boshlandi!

Bo’lgusi ayol tadbirkorlar, sizlarga turli bosqichdagi ayollar startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan inkubatsiya va akseleratsiya boʻyicha Tumaris Tech loyihasi bepul dasturining ikkinchi toʻlqiniga roʻyxatdan oʻtish boshlanganligini maʼlum qilishdan mamnunmiz.

Dastur IT sohasida oʻz startap loyihalarini amalga oshirishni istagan ayol tadbirkorlar uchun mos keladi.

Bizning dasturimizdan oʻtib:

— biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun zarur va sifatli boʻlgan bilimlarni olasiz;

— menejment, muzokaralar, marketing, savdo va yetakchilik sohalari uchun zarur koʻnikmalarni egallaysiz va yaxshilaysiz;

— muvaffaqiyatli tadbirkorlar va loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan netvorkingni yoʻlga qoʻyasiz.

Yanada muhimi esa, eng muvaffaqiyatli gʻoyalar investitsion platformaga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Dastur mutlaq bepul va 2 oyga moʻljallangan boʻlib, oʻzbek tilida boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, Tumaris Tech - Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish boʻyicha USAID loyihasi koʻmagida IT Park tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekistonda IT sohasida xotin-qizlar texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash loyihasi boʻlib, unda ayollarning oʻz startap loyihalarini ishlab chiqishda rag'batlantiriladi. Chunonchi, loyihalar bepul inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari orqali olib boriladi, hamda kelgusidagi rivojlanishini ta’minlash uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lib boradi.

2021-yil 2-yanvarga qadar (shu kuni ham) roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling: https://tumaris.tech/

2020-12-04