2020-yilning 5-dekabr kuni «Tumaris Tech» loyihasining Demo kuni boʻlib oʻtdi, unda 17 ta jamoa oʻz biznes loyihalarini taqdim etdi.
Hakamlar hay’ati a’zolari sifatida Oʻzbekiston, Singapur, Qozogʻiston va Rossiyadan kelgan mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.
Hakamlar hay’ati tarkibi quyidagilardan iborat:
- «Sterno.ru» marketing agentligi va «brandspotter» ijtimoiy media monitoring platformasining asoschisi, Shveytsariyaning Daedalean AI (Autonomous flight control for the electric personal aircraft of the near future) startapining marketing boʻyicha direktori - Olga Sternik;
- IT Parkning kreativ direktori - Jamila Xolibayeva;
- Moreinfo kompaniyasining bosh ijrochi direktori - Ayjan Kasimbekova;
- DGP agentligining operatsiyalar boʻyicha menejeri - Elena Karandashova;
- Moliyaviy maslahatchi, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti kafedra mudiri - Nodira Abdullaeva.
Statistika hisoboti:
Jami qabul qilingan 203 ta arizada ichidan 34 nafari tanlanib, ular 2020-yil 14-sentyabrda boʻlib oʻtgan «Pitch Day» ga taklif qilindi. Shuningdek, 20 ta loyiha chet ellik mentorlar va mutaxassislar yordamida ta’limini davom ettirdi. Xorijiy mutaxassislar bilan jami 26 ta dars oʻtkazildi. Natijada, 17 ta loyiha barcha bosqichlardan oʻtib, Demo kunigacha yetib keldi. Shu kungacha 65 dan ortiq xotin-qizlar oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlab, bugungi kunda oʻzlarini rivojlantirish va oʻz loyihalarini amalga oshirishni davom etmoqdalar.
Shuni ta’kidlash joizki, ishtirokchilarning eng kattasi 53 yoshda boʻlsa, eng kichigi 15 yoshni tashkil etadi.
Demo kunida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan loyihalar quyidagilardan iborat:
- ProSto - uy sharoitida taom tayyorlash boʻyicha onlayn servis;
- Eduland.uz - Oʻzbekistondagi xususiy bolalar bogʻchalari va maktablari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni va koʻp faktorli obzorlarni toʻplaydigan portal;
- UzWedding - toʻy turizmi sohasidagi loyiha;
- Handmade - Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Etsy analogi va qoʻldan yasalgan buyumlarni sotuvga chiqaradigan veb-sayt;
- Jonli kitob - audiokitoblar portali;
- FreshDeals_Home - uyda oziq-ovqat etkazib berish xizmati;
- Autoser - goʻzallik salonlari faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni saqlash uchun yaratilgan mobil ilova va sayt;
- AMA - yorugʻlikni masofadan yoqish va oʻchirishni amal oshirish uchun maxsus lampalarni ishlab chiqish haqidagi loyiha;
- DIS-COUNT - tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek, mijozlarga sodiqliklari uchun chegirmalar, ballar yoki keshbek olishlariga yordam beradigan ilova;
- Hizmat - maishiy xizmat koʻrsatuvchi ayol xodimlarni qidirishga moʻljallangan mobil ilova;
- AVESTO soft - toʻqimachilik sanoati uchun dasturiy taʻminotni ishlab chiqish haqidagi loyiha;
- Alphamama.uz - onalar uchun ma’lumot va axborot-kommunikatsiya manbalarini birlashtiradigan Internet-resurs;
- SmartPark - «aqlli» avtoturargoh xizmati texnologiyasini rivojlantirish haqidagi loyiha;
- GoSmart - onlayn amaliyot, onlayn kurslar, shu jumladan kasbga yoʻnaltirishga oid maslahatlarni olish uchun yaratilgan platforma;
- Unions - volontyorlar va ularning xizmatlariga muhtoj insonlar uchun yaratilgan platforma;
- Zarplata.uz – 24/7 real vaqt rejimida mukofot puli, kompensatsiya va imtiyozlar toʻg'risida dolzarb ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan internet portal;
- Eyecaria - bolalardagi retinal saraton kasalligini aniqlash maqsadida yaratilgan platforma.
Yakunda, deyarli 3 oy ichida jamoalar oddiy gʻoyadan Oʻzbekiston texnologiya sohasi uchun zalvarli hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan deyarli tayyor texnologik biznes mahsulotini yaratdilar.
Eslatib oʻtamiz, Tumaris Tech loyihasi bepul dasturining ikkinchi toʻlqiniga roʻyxatdan oʻtishga allaqachon start berildi.
Bizning dasturimizdan oʻtib:
— biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun zarur va sifatli boʻlgan bilimlarni olasiz;
— menejment, muzokaralar, marketing, savdo va yetakchilik sohalari uchun zarur koʻnikmalarni egallaysiz va yaxshilaysiz;
— muvaffaqiyatli tadbirkorlar va loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan netvorkingni yoʻlga qoʻyasiz.
Eng muhimi esa, muvaffaqiyatli gʻoyalar investitsion platformaga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Roʻyxatdan oʻtish 2021-yilning 20-yanvariga qadar amalga oshiriladi: https://tumaris.tech/
2020-12-07