UZCARD va KG “Innotek” IT Park koʻmagida IT-muhandislarini tayyorlash boʻyicha bepul oʻquv kursiga start berildi

2022-yil 1-fevraldan boshlab UZCARD “Innotek” KG bilan birgalikda IT Park ko‘magida “DevOps, OpenShift va u bilan fintechda qanday yashash mumkin” nomli xalqaro ta’lim kursiga start berdilar.

Bu loyiha bepul.  Unda saralash bosqichidan o‘tgan 26 nafar muhandis ishtirok etadi.

Kursning maqsadi va mazmuni

“DevOps, OpenShift va u bilan fintechda qanday yashash mumkin” nomli kursi O‘zbekistondagi eng dinamik va tez rivojlanayotgan biznes segmentlaridan biri – yuqori texnologiyalarda muhandislarning malakasini oshirish va kasbiy o‘sishiga qaratilgan.

Dastur yetakchi dasturchilar tomonidan korporatsiyalarning turli IT-vazifalarini amalga oshirishdagi amaliy tajribasini hisobga olgan holda shakllantirildi.  Dastur amaliy topshiriqlar bilan taʼminlangan chuqur nazariy qismga ega 8 ta oʻquv vebinarlarini oʻz ichiga oladi.

Taʼlim kursiga qabul qilish jarayonini tarixi

Avval aytib oʻtganimizdek, oʻquv kursi bepul boʻladi.  Mingdan ortiq talabgorlar orasidan 26 nafar ishtirokchi tanlab olindi.  Tanlov kasbiy bilimlar uchun maxsus test sinovlari, hamda, finalchilar bilan suhbatlar orqali amalga oshirildi.  Shu bilan birga, 103 nafar nomzod alohida muhandislik tayyorgarligini ko‘rsatdi, bu esa O‘zbekistondagi ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarning fan bo‘yicha yuqori darajadagi bilimini namoyish etadi.

Ishtirokchilar oxirida nimaga ega boʻlishadi?

O‘quv kurslarini tugatgandan so‘ng, eng yaxshi bitiruvchilar ham ta’lim dasturini tashkil qiluvchi kompaniyalarda, ham boshqa xalqaro hamkor kompaniyalarda amaliyot o‘tash va ishga joylashish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Loyihaning ahamiyati va dolzarbligi

Loyihaning dolzarbligi global biznes muammolariga samarali javob berish uchun IT-muhandislarini doimiy ravishda oʻqitish zarurati bilan bogʻliq.  Global tendentsiyalar, ayniqsa, raqamli va yuqori texnologiyali sohalarda uzluksiz malaka oshirish zarurligini koʻrsatadi.  Stack Overflow tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, dasturchilarning 75% yiliga bir qancha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, 50% esa – bir necha oy ichida bilimlarini yangilaydi.  “life-long learning” konsepsiyasi asosidagi uzluksiz ta’lim mutaxassislarga o‘zini yanada ko‘p talab va ko‘p qirrali his qilish imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, ular uchun yangi martaba istiqbollarini ochadi.

“Kazan Digital Week 2021” xalqaro forumi doirasida UZCARD kompaniyasi va “Innotek” KG o‘rtasida tuzilgan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv doirasida “DevOps, OpenShift va u bilan fintechda qanday yashash mumkin” nomli ta’lim kursi amalga oshirilmoqda.

“Innotek” KG – 2020-yildan beri bank sohasini raqamlashtirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiquvchi zamonaviy yuqori texnologiyali tez rivojlanayotgan kompaniya.  “Innotek” KG, Rossiyaning eng yirik bank tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, hamda, Yaqin Sharq, Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.

UZCARD – O‘zbekiston Respublikasining yetakchi milliy to‘lov operatori.  Kompaniya faoliyatining asosiy maqsadi – milliy to‘lov biznesi sohasida mahsulotlarni doimiy ravishda izlash, rivojlantirish va takomillashtirish, zamonaviy servis xizmatini modernizatsiya qilish, fintech sanoati sohasida xizmatlar ko‘lamini oshirishdan iborat.

IT Park – O‘zbekiston Respublikasidagi eng yirik texnoparki bo‘lib, uning maqsadlari quyidagilardan iborat: O‘zbekistonning IT-sohasini rivojlantirish, zarur infratuzilmani yaratish, IT-mutaxassisliklari uchun kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, istiqbolli startaplarni ishga tushirish va IT-kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash.

2022-02-03