Vazirlik va oliygohlar vakillari IT Park`ga tashrif buyurdilar!

2021-yilning 12-yanvar sanasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, shuningdek Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti vakillari IT Parkʼga tashrif buyurdilar.

Uchrashuv davomida IT Parkʼda startaplarni rivojlantirish yoʻnalishi rahbari Jahongir Rajabov mehmonlarga tashkilot faoliyati haqida batafsil soʻzlab berdi, shuningdek ularni oliygohlar qoshidagi inkubatsiya markazlari faoliyati bilan tanishtirdi.

Shuningdek, IT Parkʼda akseleratsiya dasturidan oʻtgan, oʻz loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan qishloq xoʻjaligi va taʼlim yoʻnalishidagi startap loyihalari vakillari mehmonlarga oʻz mahsulotlarini namoyish qildilar va qanday qilib yaxshi natijalarga erisha olganliklari haqida gapirib berdilar.

Jahongir Rajabov bu kabi startaplar xuddi shunday muvaffaqiyatga oliygohlarda ham erishish mumkinligini taʼkidlab oʻtdi. Bunga oliygohlarning IT Park bilan uzviy hamkorligi va Oʻzbekistonda startap ekotizimni rivojlantirish istagi orqali erishish mumkin.

Uchrashuv soʻnggida mehmonlar inkubatsiya markazlari bilan yanada yaqinroq tanishish va ushbu markazlar koordinatorlari bilan tajriba almashish maqsadida Toshkentdagi Inha universiteti, Toshkent moliya instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdilar.





 

2021-01-12