Vestminster universiteti startaplari “CAREC” mukofotini qo‘lga kiritdi

Iyul oyi oʻrtalarida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) koʻmagida “CAREC UIEP” dasturi ishga tushirildi, unda Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Gruziyaning yetakchi universitetlarining “pre-seed startap” jamoalari ishtirok etdi. Jumladan:

  • Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti;
  • Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti;
  • Olmaota menejment universiteti;
  • Gruziya Amerika universiteti vakillari qatnashdi.

Ishtirokchilar ikki haftalik oflayn dasturni yakunladilar va loyiha doirasida startap ekotizimini oʻrganish, seminarlar, treninglar, mentor sessiyalari va tarmoq tadbirlarida qatnashish imkoniga ega boʻldilar.

Dastur so‘nggida TXVU qoshidagi “innoWIUT Entrepreneur Lab”  tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlangan uchta startap quyidagi mukofotlarga sazovor boʻldi:

  1. Startup GBoost: Mahsulotni rivojlantirish mukofoti;
  2. Startap Kutma: Ijtimoiy xizmatlar yechimi mukofoti;
  3. Startup 360 Vision: Virtual Transformatsiya mukofoti.

Dastur haqida:

Markaziy Osiyo Mintaqaviy Iqtisodiy Hamkorligi (CAREC) dasturi mintaqada iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotni rag‘batlantirish uchun 11 davlat  vakillarini birlashtiradi. CAREC UIEP mintaqadagi yosh isteʼdodlar oʻrtasida innovatsiyalar va tadbirkorlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan dasturning asosiy tashabbuslaridan biri hisoblanadi

2023-08-09