Viloyatdagi birinchi inkubatsiya markazi ochilishi!

2020-yilning 25-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida inkubatsiya markazining ochilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur inkubatsiya markazi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari orasida birinchi va hozircha yagona hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyatidagi OTMlar huzurida inkubasiya markazlarini tashkil etish “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining 2020-yil 24-noyabrdagi 02-3310-sonli topshirig‘ida, Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki Inkubasiya markazlarini tashkil etish” hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish toʻgʻrisidagi qarori doirasida amalga oshirildi.

Ochilish marosimida IT Markazlar direktori M.A. Qo‘chqorov, Qashqadaryo viloyati hokimi Z.T. Mirzaev, institut rektori O.Sh. Bozorov, shuningdek, yoshlar va talabalar ishtirok etdi.

Ochilish marosimi davomida mehmonlari markazning kelgusidagi faoliyati hamda Universitet talabalari tomonidan taqdim etilgan startap-loyihalar bilan yaqimdan tanishishga muvaffaq boʻlishdi.

Mazkur inkubatsiya markazi universitet talabalarining IT sohasidagi salohiyatini oshirish hamda ular orasida startap ekotizimini targʻib qiliah, shuningdek, yuqori texnologik mahsulot va startaplarni yaratishga yordam beradi. Shuningdek, inkubatsiya markazida “One Million Uzbek Coders” loyihasi dasturi asosida axborot texnologiyalari boʻyicha treninglar oʻtkaziladi.

Shuni ta’kidlash joizki, Qashqadaryoning talabalari nafaqat gruppadoshlari yoki kursdoshlari bilan, balki boshqa OTM talabalari bilan birlashgan holda hamda hamkorlik orqali mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Boshqacha qilib aytganda, talabalar oʻz ishlari bilan cheklanmib qolmaydi va oʻz loyihalarini boshqa OTM talabalari bilan birgalikda amalga oshirishlari mumkin.


Eslatib oʻtamiz, oliy oʻquv yurtlari qoshida inkubatsion markazlarini ochishdan asosiy maqsadbu iqtidorli yoshlar orasida yaratilayotgan innovatsion markazlar soni va sifatini oshirish. Oʻz navbatida, inkubatsion markaz asl ilmiy-texnik gʻoyalarni amalga tatbiq etish, kichik innovatsion loyihalar boʻyicha faoliyatini samarali yuritishi uchun talabalarga zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Umuman olganda Qashqadaryo viloyatining yana 5 ta OTMda inkubatsiya markazlarini ochish rejalashtirilgan:

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

Qarshi davlat universiteti

Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali

Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Toshkentda hozirgi kunga qadar 5 ta universitetning inkubatsiya markazlari ochilishi boʻlib oʻtdi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent moliya universiteti va Toshkent shahridagi Amity universiteti.



 

2020-12-25