Joriy yilning 24-26-dekabr kunlari Toshkent shahridagi INHA universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, BMTTD’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan “Voice AI Challenge Uzbekistan” hakatoni bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi INHA universiteti, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, hamda, KASH APP va TTS.UZ ning koʻmagida tashkil etilgan.
Tadbirning ochilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Andreyevich Pekos, INHA universiteti rektori Jalalov Muzafar Muxitdinovich, hamda, IT Park innovatsion rivojlanish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Radjabov Jahongir Ixtiyorovichlar so‘zga chiqdilar.
Soʻngra IT Park va BMTTD vakillari “Speakers” va “Listeners” ikki yoʻnalishda oʻtkazilgan Mozilla Common Voice tanlovi gʻoliblarini taqdirlashdi.
* Mozilla Common Voice — oʻzbek tilidagi ovozli maʼlumotlarni yigʻish va ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish loyihasi. Loyihaning maqsadi - ovozni aniqlash texnologiyasini hamma uchun ochiq qilish.
“Speakers” yo‘nalishi bo‘yicha tanlov g‘oliblari aniqlandi:
- Shoxsanam Djuraeva - Toshkent shahri;
- Akbarbek Saʼdullayev - Toshkent shahri;
- Ulug‘bek Ochilboyev – Samarqand viloyati;
- Sanjarbek Sultonov - Sirdaryo viloyati;
“Listeners” yo‘nalishi bo‘yicha tanlov g‘oliblari aniqlandi:
- Fayzullo Neʼmatillayev - Farg‘ona viloyati;
- Behruz Samadjonov – Toshkent;
- Shaxrillo Nusratov - Buxoro viloyati;
- Asadbek Muxammadjonov - Toshkent viloyati;
- Asadbek Rustamov - Xorazm viloyati;
Hakatonning asosiy ma’ruzachilari BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi laboratoriya tezlatkich bo‘limi rahbari Adxam Qo‘chqorov, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aziz Atabekov, hamda, KASH APP loyiha menejeri va “O‘zbekvoice.ai” hamjamiyat menejeri Abbosjon Qudratov bo‘lishdi.
Hakamlar hay’atining asosiy a’zolari: UZINFOCOM sun’iy intellekt bo‘limi bosh mutaxassisi Rustamxo‘ja Alavutdinov, “Kash App” asoschisi va rahbari Baxtiyor Xasanov, ModMe.uz onlayn ta’lim platformasi texnik direktori Ruslan Yo‘ldoshev va bosh direktor Erkin Isoev. TTS Uzbekistan kompaniyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Parviz Nasrullayev.
Tadbir davomida turli sessiyalar o‘tkazildi, o‘zbek tilidagi ovozli ma’lumotlar taqdim etildi va hakaton ishtirokchilariga tadbir ustozlari tomonidan har tomonlama yordam ko‘rsatildi. 39 ta jamoani tashkil etgan xakatonda 300 dan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan oʻtishdi va 28 ta jamoa finalga chiqdi.
Hackaton g‘oliblari:
1-o‘rin: o‘zbek tilidagi yangiliklar agregatori – “Xabarchi” loyihasi bilan “Sigma” jamoasi.
- Muhammadsaid Mamasaids;
- Maftuna Ziyamova;
- Yasmina Ablayeva.
2-o‘rin: “Milliy.ai” jamoasi “STT API bot” loyihasi bilan – nutqni o‘zbek tilidagi matnga tarjima qilish.
- Kamronbek Rustamov;
- Bilol Sanatillayev;
- Farruk Korayev.
3-o‘rin: “Digital Twins” jamoasi “Digital Twins” loyihasi bilan – taniqli shaxslar ishtirokidagi raqamli muzey
- Andrey Usmonov;
- Hasan Yadgarov;
- Xusan Yadgarov;
Tanlov g‘oliblariga noutbuk, planshet, telefon va tadbir tashkilotchilarining sertifikatlari ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, tanlovning barcha ishtirokchilari tadbir tashkilotchilari tomonidan sertifikatlar va futbolkalar ko‘rinishidagi sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Andreyevich Pekos, INHA universiteti rektori Jalalov Muzafar Muxitdinovich va IT Park direktorining hududiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov Maratovich ishtirok etdilar.
Eslatib oʻtamiz, ushbu hakaton oʻzbek tilidagi ovozli maʼlumotlar va sunʼiy intellektdan foydalangan holda raqamli yechimlarni ishlab chiqishga bagʻishlangan edi.
2021-12-27