“World of Tanks” va “World of Warships” o‘yinlarini yaratgan kompaniya O‘zbekistonda o‘z  dasturlash ofisini ochishi mumkin

2022-yil 25-mart kuni IT Parkʼda “Wargaming” xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvda IT Park Uzbekistan Direktori Farhod Ibragimov, IT Park Direktor o‘rinbosarlari Bohodir Ayupov va Abdulahad Kuchkarov, Wargaming Saint Petersburg bosh Direktori Malik Xatajayev va “Wargaming” jamoasi ishtirok etdilar.

 Uchrashuvda mehmonlarga IT Park faoliyati, tashkilotning loyiha va rejalari, hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tomonlar O‘zbekistonda “Wargaming” dasturlash ofisini ochish, malakali mahalliy mutaxassislarni topish, hamda, keyinchalik kompaniyaga ishga joylashish maqsadida ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslarini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

 Bundan tashqari, kompaniya “TashRush” IT Parkʼni relokatsiya dasturiga qiziqish bildirdi, buning natijasida xorijiy IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislari ofis binolarini, uy-joylarni topish, bolalarni bog‘cha va maktablarga ro‘yxatdan oʻtish va joylashtirishda yordam olish, 24/7 maslahat yordamini olishlari mumkin boʻladilar va boshqalar.

Qolaversa, “Wargaming” kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent shahridagi IT Park filiali, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabi va Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

 




“Wargaming” – xususiy kompaniya, kompyuter oʻyinlari yaratuvchisi va noshiri boʻlib, asosan free-to-play MMO-janri va turli platformalar uchun oʻyinga yaqin xizmatlar.

Oʻyin sanoatida 18 yil davomida kompaniya butunlay boshqa platformalar uchun 15 dan ortiq oʻyinlarni chiqazdi. “Wargaming” shtatida 5000 dan ortiq kishi ishlaydi, kompaniyaning ofislari Belarus, Rossiya, Ukraina, Kipr, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Singapur, Yaponiya va Tayvanda joylashgan.

“Wargaming” oʻyinlari auditoriyasi, jumladan World of Tanks va World of Warships flagman loyihalari barcha asosiy oʻyin platformalarida 200 milliondan ortiq foydalanuvchini qamrab oladi.

 

2022-03-28