IT Park ko‘magida Denis Kalishkin bilan “Venchur tahlilchisi” onlayn kursining 8-bosqichi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Kurs kelajakdagi va hozirgi venchur investorlar, biznes farishtalar, korporatsiyalarning akseleratorlar va innovatsiyalar bo'limlari xodimlari, shuningdek, startap asoschilari uchun mo'ljallangan. Yangi oqim 23-yanvarda boshlanadi va 4 hafta davom etadi.
Dastur quyidagi mavzularni o'z ichiga oladi:
• venchur fondi nima va u qanday ishlaydi; startap uchun bozor va raqobat tahlili;
• bitimning asosiy shartlari (term sheet);
• kapital jadvali (cap table);
• investitsiya memorandumi, startap tahlil mezonlari, venchur investorning xatolari va kognitiv buzilishlar;
• Due Diligence jarayoni;
• startapning moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish va moliyaviy modelni yaratish;
• venchur fondi portfelini boshqarish, risklarni muvozanatlash, fondning hayot sikli.
Ishtirokchilar amaliy tadqiqotlarni kutishmoqda: a) Lotin Amerikasi venchur bozori tahlili), b) Bessemer fondining investitsiya memorandumi asosida Twitch investitsiya memorandumini tahlil qilish, Denis Kalishkin bilan onlayn savol-javob sessiyasi. Bundan tashqari, kurs ishtirokchilariga venchur fondida karyera qurish bo'yicha mustaqil ta'lim va vebinarlar uchun qo'shimcha materiallar taqdim etiladi.
Ishtirok etish bepul. Darslar rus tilida olib boriladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdNjg5gtvGhFomvmTnqTnXbKC2Ajywnxl626n8UtxpnLaNTYQ/viewform
Tashkilotchi haqida:
Denis Kalishkin - I2BF Global Ventures kompaniyasining sarmoyaviy direktori, zamonaviy texnologiyalardan (AI, Internet , RPA, robotlar va avtomatlashtirish, SaaS, AR/VR) foydalangan holda eski va zerikarli sanoatni (ishlab chiqarish, qurilish, logistika va boshqalar) o'zgartiradigan startaplarga e'tibor qaratgan holda AQSh va MDHda 8+ yillik investitsiya tajribasiga ega mutaxassis. Ta'kidlash joizki, kursning 7 ta yo'nalishi bo'yicha jami talabalar soni 5300 kishidan oshdi.
2023-01-11