Yaponiyaning “CICC” kompaniyasi Tokiodagi IT Park bilan uchrashuv haqida maqola chop etdi

Yaponiyaning Kompyuterlashtirish bo‘yicha Xalqaro hamkorlik markazi (CICC) tashkiloti o‘z saytida IT Park Uzbekistan vakillarining 20-iyul kunidagi tashrifi haqidagi maqolani e’lon qildi.

Maqolada IT Park’ning muvaffaqiyatli faoliyati va uning rezidenti bo'lgan IT-kompaniyalar uchun imtiyozlar qayd etilgan. Kompaniyaning yozishicha, hozirda 1500 ga yaqin kompaniya IT Park rezidentlari hisoblanadi, shu jumladan 300 ta xorijiy kompaniya: bu kompaniyalar korporativ soliqlar, import, bojxona to‘lovlari va yagona ijtimoiy soliqdan ozod qilingan. Bunday imtiyozlar IT Park’ni axborot texnologiyalari sohasida biznesni rivojlantirish uchun jozibador joyga aylantiradi.

Maqolada, shuningdek, yapon kompaniyalari haligacha IT Park rezidenti bo‘lishga ulgurmagani qayd etilgan. Tashkilot tomonidan taqdim etilgan imtiyozlarga qaramay, ko'plab yapon kompaniyalari hali o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarmagan. CICC vakillari, o‘z navbatida, hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekistondagi IT-sohasidagi tendensiyalar to‘g‘risida axborot tarqatishda davom etishiga ishontirdi. Eslatib o‘tamiz, IT Park delegatsiyasining Yaponiyaga amaliy tashrifi 16-22-iyul kunlari bo’lib o’tdi. Sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning IT-salohiyatini taqdim etish va IT Park tomonidan taqdim etilgan misli ko‘rilmagan dastur va imtiyozlar yordamida yapon tadbirkorlarini mamlakatdagi biznes imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat edi.

IT Park va CICC vakillarining uchrashuvida raqamli iqtisodiyot sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, IT-taʼlim va startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi. CICC mutaxassislari yapon tilini biladigan BPO mutaxassislarini tayyorlash imkoniyatlariga qiziqish bildirdi, shuningdek, yapon kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

2023-08-03