Yoshlar ittifoqi va Fransiyaning “Yosh elchilar” tashkiloti tomonidan videokonferensiya tashkil qilinmoqda!


2020-yilning 27-iyun sanasida Fransiyaning “Yosh elchilar” tashkiloti (Ambassadeur de la Juneesse) hamda Oʻzbekiston yoshlar Ittifoqi “Zamonaviy xalqaro munosabatlarda raqamli texnologiyalarning oʻrni” mavzusida videokonferensiya tashkillashtiradi.

Yosh elchilar – 2015 yilda tashkil etilgan nodavlat tashkilot. Uning tashkilotchilari Parijning yetakchi siyosiy va huquqiy maktablarining bitiruvchilari hisoblanadi. Yosh elchilar – bu barqaror rivojlanish, atrof-muhit, iqtisodiy muammolar, huquq, xavfsizlik va madaniyat sohalaridagi xalqaro aloqalarni oʻrganuvchi yoshlar uchun “Fikr markazi”. Shuningdek, tashkilot yozgi kurs, xalqaro seminar va konferensiyalarni Parij va boshqa shaharlarda oʻtkazadi.

Fransuz tomoni tadbir davomida COVID-19 pandemiyasi davrida Oʻzbekiston va Fransiya raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish, shuningdek axborot va kommunikatsion texnologiyalardan keng miqyosda foydalanishni muhokama qilish taklifi bilan chiqdi. 

Fransiya tomonining vakillari:
Tashkilot rahbari – A. Negrus

Raqamli texnologiyalar boʻlimi rahbari – K. Savye

Ushbu tadbirda IT Park investitsiyalar boʻyicha bosh menejeri – Sasha Sternik ham Oʻzbekiston vakili sifatida ishtirok etadi. 

Joriy tadbir ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganish, shuningdek, fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyot yili doirasida yoshlar oʻrtasidagi hamkorlik uchun samarali maydonga aylanishi mumkin.

“Yosh elchilar” tashkiloti veb sayti: https://www.ambassadeurs-jeunesse.org/en/

 

2020-06-24