IT Parkning hamkorlari "AIFC Fintech Hub" 50 dan ortiq korporatsiyalar ishtirokidagi "Fintechstars Innovation Day" pitchlar seriyasini tashkillashtirmoqda. Chet ellik ekspertlar, siyosatchilar, biznes vakillari, davlat sektori va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etadigan tadbir "Astana Finance Day" konferentsiyasi doirasida 2020 yil 29 iyundan 3 iyulgacha bo'lib o'tadi.
"Astana Finance Day" bu ko'p kunlik moliyaviy festival bo'lib, unda jahon moliyaviy bozorida yangi muammolar muhokama qilinadi, shuningdek, mintaqaviy va global moliyaviy bozorlarda yangi tendentsiyalarni shakllantiradigan yangi g'oyalar va ularning yechimlar taklif etiladi.
"Astana Finance Day" moliyaviy texnologiyalar, ochiq innovatsiyalarga bag'ishlangan sessiyalar va 2 soatlik Fintechstars Innovation Day onlayn marafonini o'z ichiga oladi. Bu marafonda FinTech startaplar yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning yirik korporatsiya - banklar, sug'urta kompaniyalari, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikistonning uyali aloqa operatorlariga innovatsion yechimlarini namoyish etadilar.
Bu birinchi marotaba o'tkaziladigan onlayn marafon bo'lib, unda startaplar o'zlarining quyidagi mavzulardagi innovatsion yechimlarini taqdim etishlari mumkin: to'lovlar, kredit berish, sug'urta (InsurTech), raqamli identifikatsiya, kiberxavfsizlik va antifrod, investitsiyalar va jamg'armalar, marketpleyslar, mobil hamyon, moliyaviy savodxonlik, Open API va AI&ML.
Eslatib o'tamiz, "AIFC Fintech Hub" - bu Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash uchun yaratilgan innovatsiyalar va yangi g'oyalar o'rtasidagi integratsiya nuqtasi. Ularning vazifasi moliyaviy texnologiyalarning ekotizimidagi asosiy ishtirokchilarni, xalqaro sheriklar, ekspertlar, tadbirkorlar, startaplar va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishni rag'batlantirish uchun texnologik loyihalarni birlashtirishdan iborat.
Tadbir shartlari haqida ko'proq ma'lumotni veb-saytdan olishingiz mumkin: http://fintechstars.aifc.kz/
Barcha savollar bo'yicha quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin:
Farrux Maksumov, tel: +998 99 8106034, elektron pochta: f.maksumov@it-park.uz
2020-06-06