Toshkentda “Global Money Week” haftaligi boʻlib oʻtmoqda

2020-yil 23-29 fevral kunlari Toshkent shahrida moliyaviy savodxonlikni oshirishga bagʻishlangan, maqsadi yoshlarni moliyaviy masalalar, investitsiyalar va tadbirkorlikni oʻrganishga ilhomlantirish boʻlgan keng koʻlamli moliya haftaligi – “Global Money Week” boʻlib oʻtmoqda.


Yoshlar moliya, jamgʻarma va sarmoyalar haqida qanchalik erta bilsalar, ular oʻzlarining butun hayoti davomida shaxsiy moliya mablagʻlarini shunchalik yaxshi boshqara oladilar. Ushbu koʻnikmalar yoshlarga pul mablagʻini ishlab topish, uni jamgʻarish va sarflash oʻrtasidagi farqni tushunishga yordam beradi, bu esa ularni byudjetni rejalashtira oladigan eng yaxshi moliya menejerlariga aylantiradi.


Tadbirning maqsadi yoshlarga oʻz mablagʻlarini yaratish va ulardan samarali foydalanish uchun zarur boʻlgan moliyaviy koʻnikmalarni oʻrgatishdir.


“Global Money Week” (GMW) – bir vaqtning oʻzida dunyoning 175 ta mamlakatida boʻlib oʻtmoqda va Oʻzbekiston unda birinchi marta ishtirok etmoqda.


GMW davomida milliy tashkilotlar, moliya muassasalari, markaziy banklar, notijorat va yoshlar tashkilotlari, mahalliy korxonalar, universitetlar, maktablar va boshqalar birgalikda:


• banklar, parlamentlar, markaziy banklar, fond birjalari, valyuta birjalari, mahalliy korxonalar va xalqaro korporativ kompaniyalarga tashriflar uyushtirish;
• moliyaviy seminarlar va sessiyalar oʻtkazish;
• moliyaviy taʼlim yarmarkalari, ochiq bozordagi tadbirlar, moliyaviy savodxonlik namoyishlarini oʻtkazish;
• moliyaviy maʼrifiy oʻyinlar va jamgʻarish boʻyicha tanlovlar va shu kabilarni amalga oshirish orqali “Learn.Save.Earn” mavzusida turli tadbirlarni tashkil qilish uchun birgalikda ishlashadi
Xalqaro GMW tadbiri yoshlarga moliyaviy taʼlim berish boʻyicha yetakchi kompaniya – Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OECD) tomonidan tashkil etildi.


IT-Park ham “Global Money Week” tadbirida ishtirok etadi va “Digital Finance” mavzusini ochib beradi. IFC (Xalqaro moliya korporatsiyasi), Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, PayMe kompaniyasi va Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi mazkur yoʻnalish boʻyicha tadbirning hamtashkilotchilari hisoblanadi.


“Digital Finance” yoʻnalishi boʻyicha quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:


– Prezident maktablari oʻquvchilari uchun “Digital Finance” sohasidagi gʻoyalarni shakllantirish boʻyicha ideaton: https://forms.gle/EA3hPmQLGCYvhEGMA;
– OTMʼlar talabalari uchun raqamli moliya sohasini oʻrganish va talabalarning dunyoqarashini kengaytirish uchun “Digital Finance” sohasi vakillari bilan uchrashuv: https://forms.gle/mFTceDZ6aHaQRAL57
– “Oʻzbekistonda Digital Financeʼni rivojlantirish” munozaralar paneli: https://forms.gle/fgoB9o8W5FmqRkLz5
Tadbirlarda ishtirok etish bepul, faqatgina roʻyxatdan oʻtish kerak

2020-03-02