6 aprel kuni “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes-jarayonlari autsorsingi” mavzusida Xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, IT Park Uzbekistan va Jahon banki hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, IT-park direktori Farhod Ibragimov va direktor o‘rinbosari Bahodir Ayupov, Jahon bankining raqamli rivojlanish bo‘yicha global direktori vazifasini bajaruvchi hamda raqamli rivojlanish bo‘yicha Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha amaliyot bo‘limi rahbari Nikol Klingen, Jahon Bankining O‘zbekistondagi vakili Marko Mantovanelli, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, shuningdek, xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi. Sessiyada O‘zbekistonda raqamli rivojlanish va biznes jarayonlar autsorsingini (BPO) joriy etish kabi mavzularga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekistonda BPO xizmatlarini rivojlantirish, jumladan, yoshlarni ushbu faoliyatga jalb etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdilar.
IT Park Uzbekistan tomonidan:
• Bahodir Ayupov, IT Park Uzbekistan direktori o‘rinbosari (“O‘zbekistonda biznes jarayonlari autsorsingi: ta’sir va oqibatlar”);
• Biznes-jarayonlar bo'yicha maslahatchi Govindasvami Jayaram Naidu Parthasarti (“Raqamlashtirish va BPO: Hindiston nigohida”) mavzusida ma’ruza qildilar.
Xalqaro davra suhbatida, shuningdek, biznes jarayonlari autsorsingi bilan shug'ullanuvchi "INCOMSOFT LOGISTICS" va "REVOTECH" IT Park rezident kompaniyalari ham so'zga chiqdilar. Ma’ruza davomida ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilar savollariga javob berdilar.
Tadbir yakunida O‘zbekistonning so‘nggi bir yillarda raqamli rivojlanish sohasida erishgan yutuqlari sarhisob qilindi hamda O‘zbekistonda istiqbolli BPO bozorini joriy etish va uni kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi.
2022-04-06