KOICA vakillarining IT Park'ga tashrifi

28-mart kuni KOICA, KTPA va Gyeongbuk texnoparki vakillari IT Park Uzbekistanga kelishdi.

Delegatsiya tashrifidan ko‘zlangan maqsad KOICA ning IT-park xodimlarini o‘qitish, jamoalar yaratishni tashkil etish va Janubiy Koreyadagi texnoparklar tajribasini namoyish etishda qo‘llab-quvvatlashini yanada muhokama qilishdan iborat edi.

Delegatsiya tarkibiga Kyongbuk texnoparkini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik markazi direktori – Kim Yon Jin, Koreya texnologiyalar parkini targ‘ib qilish assotsiatsiyasi (KTPA) guruh rahbari – Jeong Se Yeun, KOICA loyihasi koordinatori – Seo Xongyu, Kyongbuk texnoparki tadqiqotchisi – Chjan Bo Gyung, KTPA menejeri - Kvon Yun Jeong.

Mehmonlarni IT Park investitsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i – Nigora Mirjalilova va xalqaro hamkorlik bo‘yicha menejeri – Umida Odilovalar kutib olishdi.

Tomonlar “O‘zbekistonda IT-parkning barqaror rivojlanishi uchun poydevor yaratish va salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasidagi hamkorlikni hamda  o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha tadbirlarni, shuningdek, Koreya texnoparklari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar.

Koreyalik hamkorlar munosabatlarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Koreya tomondan Kim Yon Jin 2023-24 yillarda birgalikda amalga oshirish rejalashtirilgan bir qator tadbirlar rejasini taqdim etdi.

IT-Parkdan Nigora Mirjalilova hamkorlikni davom ettirishga va kelajakda qo‘shma dasturlar ustida ishlashga tayyorligini bildirdi.

Yig‘ilishni sarhisob qilar ekan, delegatlar IT-sanoatida ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlar, IT va BPO xususiy sektorining hayratlanarli o‘sishi, shuningdek, IT-Parkning jadal rivojlanishini alohida ta’kidladilar.

KOICA va IT Park rivojlanish dasturi doirasidagi hamkorlikning uzoq tarixiga ega. KTPA va Gyeongbuk texnoparklari ham IT Parkning  ko‘p yillik hamkorlari hisoblanadi.

2023-03-30