Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga safari doirasida IT Park filialiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Sherzod Xotamovich viloyat IT-parkida yoshlar va IT-mutaxassislar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tomonlar IT-Park faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar hamda istiqboldagi rejalar va loyihalarni muhokama qildilar.
AKT vaziri IT-park binosida yangi tashkil etilgan IT-akademiya bilan ham tanishdi. Muassasani va unda faoliyat yuritayotgan korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun:
Bugungi kunga qadar Xorazm viloyatida IT Park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni 17 tani tashkil etmoqda. IT Park binosining oʻzida 9 ta rezident korxona faoliyat yuritmoqda. Mahalliy IT-kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida IT-Park binosida 150 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, yoshlar bandligi ta’minlandi.
2022-08-30