Ayollar texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Tumaris Tech loyihasining birinchi toʻlqini ishtirokchilari saralab olindi

2020-yil 14-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston – Shanba, 12-sentyabr sanasida, Ayollar texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Tumaris Tech loyihasida Pitch Day boʻlib oʻtdi. Tumaris Tech loyihasi IT Park Uzbekistan tomonidan Tadbirkorlikni va biznes muhitini rivojlantirish boʻyicha USAID loyihasi koʻmagida tashkil qilingan boʻlib, ayollarni kuchaytirilgan holda ICT ekotizimiga jalb qilishga yoʻnaltirilgan.

Ushbu loyihaning oʻziga xosligi shundaki, taqdim qilinayotgan kurs va dasturlar ayollar auditoriyasini koʻzda tutgan va oʻz xobbisini sevimli va daromadli ishga aylantirishni orzu qiluvchi endigina ish boshlayotgan tadbirkor ayollarga moʻljallangan.

Jami 203 ta ariza qabul qilindi, mutaxassislar shularning ichidan loyihaning birinchi toʻlqinida ishtirok etish huquqiga ega boʻluvchi 20 ta startapni saralab oldilar. Ishtirokchi ayollarning oʻrtacha yoshi 30,5 yoshni tashkil qildi, jumladan loyihaning eng yosh ishtirokchisi 15 yosh, eng keksasi esa 51 yosh.

Quyidagi startaplar saralab olindi:

Uquv.uz – 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻquv resurslari.

ProSto – uy taomlarini mustaqil tayyorlash uchun onlayn servis.

Shifokorni top – tibbiy xodimlar, doktorlar va klinikalarni izlash xizmati.

Eduland.uz – xususiy bogʻcha va maktablar haqida maʼlumotlar jamlangan, koʻp faktorli fikrlarni jamlagan portal.

UzWedding – toʻy turizmi sohasidagi loyiha.

Handmade – qoʻl mehnatida qilingan mahsulotlarni sotish uchun veb sayt. Markaziy Osiyo davlatlari uchun Etsyʼning analogi.

Jonli kitob – audiokitoblar uchun portal.

FreshDeals_Home – mahsulotlarni uyga yetkazib berish xizmati.

Autoser – goʻzallik salonlari faoliyati haqida maʼlumotlarni oʻzida saqlagan mobil ilova va sayt.

AMA – masofadan yondiriluvchi va oʻchiriluvchi chiroq uchun maxsus lampochka ishlab chiqish.

DIS-COUNT – mahsulot va xizmatlar uchun toʻlov qilish, shuningdek mijozlar sodiqligi dasturi boʻyicha chegirma, ball yoki keshbek olish uchun ilova.

Hizmat – maishiy turdagi xizmatlarni koʻrsatuvchi ishchilarni izlash uchun mobil ilova.

AVESTO soft – tekstil sanoati uchun dastur ishlab chiqish.

Alphamama.uz – onalar uchun oʻzida maʼlumot, axborot va kommunikativ resurslarni birlashtirgan onlayn servis.

Baxt va Boylik – ayollarni turmushgacha tayyorlash uchun oʻquv platforma.

SmartPark – aqlli avtoparklar uchun texnologiyalar ishlab chiqish boʻyicha loyiha.

GoSmart – onlayn amaliyotlar, onlayn kurlar va kasb tanlashga koʻmaklashishni oʻz ichiga olgan, karyera qurish boʻyicha maslahatlar.

Unions – koʻngillilar va ularning xizmatiga muhtoj insonlar uchun platforma.

Zarplata.uz – mehnatga haq toʻlash darajasi, kompensatsiyalar va imtiyozlar haqida 24/7 koʻrinishidagi real vaqtda aktual maʼlumotlar olish imkonini beruvchi onlayn portal.

Eyecaria – bolalar toʻr pardasida paydo boʻluvchi rakni tashxislash uchun platforma.

Loyiha doirasida onlayn rejimda oʻtuvchi inkubatsiya va akseleratsiyaning ikki toʻlqini davomida kamida 45 ta startapni yaratish koʻzda tutilmoqda. Jamoalar, shuningdek, ularni yetaklovchi va qoʻllab-quvvatlovchi, kerakli maslahat va izohlar beruvchi tajribali mentorlarga ega boʻladilar. Eng muvaffaqiyatli loyihalar investitsion maydonga chiqish imkoniyatiga ega boʻladi.

***

IT Park – bu istiqbolli startap loyihalarni ta’minlash hamda ularni bozorga chiqarishga moʻljallangan IT kompaniyalar uchun eksterritorial mustaqil hudud, shuningdek ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan integratsiya qilish hisobidan tashkil etilgan obyektlar, binolar va qurilishlar kompleksidir. IT sohasida aktiv va iqtidorlilar oʻzlarining gʻoyalarini buxgalterlik, yuridik, marketing hamda ilmiy koʻmaklashish hisobidan haqiqiy biznes loyihaga aylantira oladigan maskan. Yanada batafsil maʼlumot olish uchun ushbu havolaga oʻting: https://it-park.uz

USAID xalqaro taraqqiyot bo‘yicha dunyodagi yetakchi agentlik va rivojlanish sohasida natijalarga erishish “katalizatori” hisoblanadi. USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, mintaqadagi savdo aloqalarini kengaytirish, sog‘liqni saqlash, shu jumladan, COVID-19ga qarshi kurash va shu orqali aholining ehtiyojlarini qondirish uchun hukumat imkoniyatlarini kuchaytirishga ko‘maklashadi. Yanada batafsil maʼlumot olish uchun ushbu havolaga oʻting: https://www.usaid.gov/central-asia-regional, shuningdek Facebookʼdagi sahifaga kiring: https://www.facebook.com/USAIDCentralAsia. Tadbirkorlikni va biznes muhitini rivojlantirish boʻyicha USAID loyihasi haqida maʼlumot: https://www.facebook.com/FGICentralAsia.

 

2020-09-15