Beknazar Abdikamalov bilan “Startup Meetup” uchrashuvi qanday kechdi?

18-yanvar kuni soat 18:00da “IMPACT.T Technology Hub”da O‘zbekiston startaplari va yoshlari uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 100 dan ortiq kishi qatnashdi. Uchrashuvda Meta (Facebook) va boshqa ruhiy salomatlikka yo‘nalgan kompaniyalaridan 3 million dollar sarmoya jalb etgan startap asoschisi Ami Beknazar Abdikamalov ma’ruza bilan ishtirok etdi. 

Sessiya davomida spiker “Amazon”da dasturiy ta’minot muhandisi sifatidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashib, “Ami” startapining ishga tushirilishi haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv ishtirokchilari tadbir davomida ko‘plab qimmatli maslahatlar olganini ta’kidladilar. Shu tariqa, tomoshabinlar startapga investitsiyalarni qanday jalb qilish, venchur fondlar bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va loyihaning xalqaro bozorga chiqishiga qanday qadamlar yordam berishini bilib oldilar. Bundan tashqari, Beknazar Abdikamalov shaxsiy tajribasidan kelib chiqib startap yo‘nalishida duch kelinadigan barcha jihatlar haqida so‘z yuritdi.

Bir qancha ishtirokchilar tadbir haqidagi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar:

  • Artur Imamutdinov — startapchi, “Startap-choyxona. O‘zbekiston IT yangiliklari» Telegram kanali ma’muri

“Uchrashuvga tashrif buyurish va Beknazar bilan tanishish juda qiziqarli bo‘ldi. Yurtdoshlarimiz jahon darajasidagi startaplarga asos solayotgani va dunyoning yirik va taniqli fondlaridan ana shunday sarmoyalarni jalb etayotgani quvonarli. Tadbirdan o‘rganganlarimdan mamnunman va uni o‘z ishimda qo‘llamoqchiman”. 

  • Yunusov Mansurxo‘ja - yosh startapchi va Toshkentdagi Vebster universiteti talabasi 

“IT Park Uzbekistan jamoasi va IMPACT.T Technology Hub jamoasiga ajoyib uchrashuv va shunday ma’ruzachini taklif qilgani uchun rahmat. Beknazar Abdikamalov ko‘plab startapchilar, jumladan, men uchun ham namuna. U bilan shaxsan uchrashish va uning startapni rivojlantirish bo‘yicha maslahatlarini tinglash juda maroqli bo‘ldi. Qimmatli ma’lumotlardan tashqari, ushbu tadbir orqali turli insonlar bilan tanishdim. Boshqa startap uchrashuvlarda ham ishtirok etishdan xursand bo‘lar edim!"

  • Diyora Dadajanova — yosh startapchi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

“Meetup men uchun juda foydali boʻldi, chunki sessiyada startapni yoʻlga qoʻyish, jamoa va hamkorlar bilan ishlash, shuningdek, xorijiy venchur fondlaridan investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq dolzarb masalalar muhokama qilindi. Bu maʼlumotlar menga oʻz startapimni rivojlantirishda yordam beradi. Ushbu formatdagi tadbirlar O‘zbekistonda o‘tkazilayotganidan, nafaqat o‘zingiz uchun foydali ma’lumotlar olish, balki hamfikrlar bilan uchrashish imkoniyati mavjud ekanligidan xursandman!”

  • Farangiz Murodiy– “Beshiktosh Anadolu Lisesi” turk litseyi bitiruvchisi, ruhiy salomatlik sohasida innovatsiyalar yaratishga qiziqadi.

“IT Park turli sohalardan spikerlarni taklif qilishi menga juda yoqadi. Ruhiy salomatlik mavzusi muhim bo‘lsa-da, mamlakatimizda unchalik mashhur emas. Beknazar Abdikamalovning vazifasi ruhiy salomatlikni himoya qilish, uni yanada qulayroq qilish va ushbu mavzuni umumlashtirishdan xalos bo‘lishdir va bu yo‘nalishdagi ishlarini o‘ziga xos va qimmatli deb ayta olaman. Startaplar, biznes va psixologiyaga qiziqqan odam sifatida men g‘oyani haqiqatga aylantirish jarayoni haqida ko‘p narsalarni bilib oldim. Spiker startap haqidagi qo‘llanmalardan emas, balki o‘z tajribasidan kelib chiqib maslahat berdi. Ushbu uchrashuv tufayli men startap yaratishda tarmoq va moslashuvchanlik muhimligi haqida ko‘p narsalarni bilib oldim. Uchrashuv tashkilotchilariga o‘z sohasining yetakchilaridan biri bo‘lgan dunyoga mashhur spiker bilan muloqot qilish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiraman”.

  • Asilbek Ortiqov – Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi

“Uchrashuv savol-javob tarzida boʻlib oʻtdi. Bu ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bera olishlari uchun samarali imkoniyat. Ushbu format qiziqarli fikrlar-munozaralarga olib keladi. Men uchun eng esda qolarlisi, startapda 10 kishilik jamoa bo‘lsa hamda yechim uchun katta xarajatlar bo‘lmasa, 3 million dollar sarmoyani qayerga va nimaga sarflash mumkinligi haqidagi savol uchun berilgan javob bo‘ldi. Bunga javoban Beknazarning aytishicha, bu sarmoya startapga kelgusi 4-5 yil davomida mustaqillik beradi, bunda loyiha kengayib, tavakkal qilib, inqirozdan qochish imkoni mavjud”.

IT-Park uchrashuvning barcha mehmonlariga minnatdorchilik bildiradi, tashkilotning rasmiy sahifalarida yangi tadbirlarni kuzatib boring!

2023-01-20