23-sentabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ikkita yangi BPO Markazi va BPO-maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muassasalar IT Park, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish Vazirligi hamda BMTʼning Taraqqiyot Dasturi ko‘magida ochildi.
Tadbirda AKT Vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan Direktori Farhod Ibragimov, Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov va boshqalar ishtirok etdilar.
Yangi BPO-maktabi yoshlarga IT-ingliz tilini o‘rgatadi va xalqaro logistika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.
Yangi BPO Markazlari xorijiy hamkorlarga masofaviy call-markazi xizmatlarini taqdim etadi va xorijiy logistika kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Dastlabki bosqichda ikki kompaniya tomonidan 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Kelajakda xodimlar soni koʻpayadi.
Eslatib oʻtamiz, IT Park BPO-kompaniyalariga roʻyxatdan oʻtish, ofis qidirish va uni jihozlash hamda xodimlarni tanlashda yordam beradi. Bundan tashqari, IT Park birinchi olti oy uchun imtiyozli ijarani taqdim etadi, shuningdek, agar kerak boʻlsa, davlat idoralari bilan kommunikatsiyada yordam beradi.
Shu tufayli IT-xizmatlar eksporti yildan-yilga ortib bormoqda. Taqqoslash uchun: 2021-yil oxirida BPO kompaniyalari soni 45 tani, 2022-yilda 121 tani tashkil etdi. 2022-yil 2-choragi oxirida eksport hajmi 53,2 mln dollarni tashkil etdi, shundan 33,1 mln dollari BPO kompaniyalari xizmatlari eksportiga to‘g‘ri keldi.
2022-09-23