16-mart, soat 19:00 da Toshkent moliya institutida “Edusession” doirasidagi navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtadi.
Yangi uchrashuvning mavzusi “B2B savdosini qanday boshlash va rivojlantirish”. Sessiyani Lebazarʼning rivojlanish boʻyicha direktori Yevgeniy Nelepko olib boradi.
Sessiya davomida u quyidagilar haqida soʻzlaydi:
• sotuvlarni qanday boshlash kerak;
• B2B savdosini rivojlantirishga qanday toʻsiqlar bor;
• qaror qabul qiluvchi shaxs kim?;
• segmentni qanday qidirish kerak;
• sotuvlarni qanday kengaytirish va boshqalar.
Sessiya rus tilida olib boriladi. Tadbirda ishtirok etish bepul.
Hujjatlar 15-martgacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSemIJ7GwproVqslGM-X8WytigIFFDEknttiBP6DW87JUODIHQ/viewform
Eslatib oʻtamiz, “Edusession” dasturi global IT hamjamiyatining bir qismi boʻlishga, martaba qurishga va pul ishlashni boshlashga qiziqqan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
“Edusession” doirasidagi tadbirlar har hafta oflayn va onlayn formatda oʻtkaziladi. Mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar tanlangan soha (dasturlash, dizayn, tahlil va boshqalar) boʻyicha bilimga ega boʻlishlari, oʻz loyihalarini ishga tushirish va dunyodagi eng yaxshi kompaniyalarda martaba imkoniyatlarini oʻrganishlari, ekspertlar bilan ishlash jarayonida oʻz malakalarini oshirishlari, netvorking va boshqa imkoniyatlarga ega boʻlishlari mumkin.
Spiker haqida maʼlumot:
Yevgeniy Nelepko – seriyali tadbirkor va startap mentor. U biznes va funksiyalarni noldan boshlab ishga tushiradi va ularni operatsion samaradorlikkacha olib keladi.
2017-yilda u Leroy Merlinʼda innovatsiyalar funksiyasini yaratdi, 10 dan ortiq pilot loyihalarni amalga oshirdi va startaplar uchun tezkor trekni ishga tushirdi. 2019-yilda u “and Change” kompaniyasida konsalting amaliyotini ishga tushirdi. 2020-yilda TMH aktsiyadorlari uchun raqamli loyiha va startaplarni boshqarish tizimini yaratdi. 2021-yilda u oʻzining Hola! deyting-startapini yaratdi, uning doirasida mijozlar bilan mingdan ortiq intervyu oʻtkazdi, investorlarga 50 ta pitch oʻtkazdi va Amerika bozoriga kirish strategiyasini yaratdi.
2023-03-11