16-noyabr kuni Germaniyaning Haydelberg shahrida IT Park vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, IT Park direktori Farhod Ibragimov, hamda, Claas KGaA mbH, Duvenbeck Gmbh, Hellmann Worldwide Logistics SE & Co. KG, Gebrüder Weiss GmbH, Kion Group AG, MBCC Group, Camelot Management Consultants AG, OnStream Consulting Gmbh, Technische Hochschule Brandenburg, Heidelbergcement AG, FZD Global GmbH, Becker Mining Europe GmbH, ETECTURE GmbH va boshqalar kabi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida mehmonlar IT Park rezident-kompaniyalari uchun yaratilgan shart-sharoit va preferensiyalar bilan tanishtirildi. Bundan tashqari, “Venkon group”, “Zuccotech”, “Realsoft”, “Revochain Technology” va “Soft Legion” kabi rezident kompaniyalar o‘z faoliyatlarini taqdim etdilar.
Tadbir yakunida Germaniyaning IT- va logistika kompaniyalari bilan hamkorlikda IT-xizmatlar eksportini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Ushbu tadbir doirasida muhim hujjatlar imzolandi, jumladan:
Marosim yakunida IT Park rezidentlari va marosimda ishtirok etgan Germaniya korxonalari o‘rtasida B2B-uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Kompaniyalar vakillari bir-birining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, oʻzaro manfaatli hamkorlik masalalari boʻyicha kontaktlar bilan almashdilar va muzokaralar o‘tkazdilar.
2022-11-16