IT Park MOST biznes inkubatori bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda Investment Readiness Accelerator akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda!

Startaplar va texnologik kompaniyalarni qoʻllab quvvatlash boʻyicha 9 yillik tajribani birlashtirgan holda MOST biznes inkubatori, bosh hamkor – IT Park bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda birinchi Investment Readiness Accelerator akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda!

MOST – bu Markaziy Osiyodagi birinchi xususiy biznes inkubatori. MOST tadbirkorlar, investorlar, rahbarlar, ekspertlar va korporatsiyalar oʻrtasida juda qimmatli munosabatlar yaratadi. Biznes inkubator vazifasi – biznesni rivojlantirish yoʻlida “koʻprik” yaratish.

Investment Readiness Accelerator – bu Markaziy Osiyodagi mentor-investorlar, venchur fondlari spikerlari va biznes-angellari koʻmagida startaplarga investitsiya jalb qilish boʻyicha oʻziga xos dastur hisoblanadi.

Akselerator ishtirokchilari olishi mumkin:

– Fandreyzing boʻyicha shaxsiy strategiyasini ishlab chiqish. Investorlar turlari va ularni qay usulda tanlash;

– Professional murabbiy, ekspert va investorlardan 20+ soatlik individual yordam.

– Biznes-angellar bilan tanishuv (rasmiyatchiliksiz);

– Moliyaviy modelni yaratish. Toʻgʻri moliyaviy bashoratlash. Barcha moliyaviy hujjatlarni investorlarga yuborish uchun tayyor holarga keltirish;

– Investitsion kelishuvlarga yuridik tomonlama konsultatsiya berish;

– Startap narxini baholash;

– Tashkil qilinayotgan “MOST VENTURE FUND I” venchur fondi portfeliga kirish;

– Markaziy Osiyo biznes angellari va investorlari Klubining yopiq uchrashuvida startapni investorlar, biznes-angellar va venchur fondlari oldida namoyish qilish imkoniyati(https://caangels.com/);

– MA bozoriga chiqishga yordam.

MVP bosqichidagi, trekshn, savdo, bardoshli jamoa va yirik texnologik yechimlarni kengaytirish maqsadiga ega boʻlgan Markaziy Osiyo (Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston) davlatlaridan boʻlgan texnologik startaplar ishtirok etishlari mumkin.


Arizalar qabuli: 17-iyuldan 7-avgustga qadar.

Saralash va suhbat: 27-iyuldan 11-avgustga qadar.

Shartnoma va hujjatlarni rasmiylashtirish: 12–18-avgust (rezidentlik toʻgʻrisida shartnoma, inkubatsiyalash toʻgʻrisida shartnoma, NDA)

Dasturning boshlanishi: 21-avgust.

Dastur davomiyligi: 21-avgustdan 23-sentyabrga qadar.
Demo day: 23-sentyabr.

Batafsil maʼlumot http://www.most.com.kz/ira2020  saytida.

Roʻyxatdan oʻtish: http://clck.ru/Py3D7

Yagona imkoniyatingni qoʻldan chiqarma. Akseleratorda joylar cheklangan!

2020-07-30