IT Park qizbola-startaperlar uchun “Startup Avdice”ni o‘tkazadi

2022-yil 25-mart kuni IT Park Codify IT-kompaniyasi bilan birgalikda, Tumaris.Tech loyihasi doirasida ayol va qizlarni IT va startaplar sohasida rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida “Startup Advice” oflayn-tadbirini o‘tkazadi.

“Startup Advice” – bu tadbirkorlik sohasidagi ekspertlar bilan uchrashuv, unda ishtirokchilar mutaxassislarni tinglashlari va o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishlari mumkin bo‘ladi.

Bu safar uchrashuv “Public talk” formatida oflayn tarzda o‘tkaziladi, unda IT va tadbirkorlik bo‘yicha mutaxassis kelajakda hamkorlikni va mumkin bo‘lgan moliyalashtirish maqsadida qizlar va ayollarning loyihalari taqdimotlarini ko‘rib chiqadi.

Spiker haqida:

Dinara Ruslan – MBA darajasiga ega va Amerikaning eng yirik moliyaviy xizmatlar kompaniyasi Wells Fargoda tajribaga ega dasturchi boʻlib, 28 yoshida Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi Codify IT-kompaniyalari guruhiga asos solgan. Qolaversa, Dinara Ruslan Qirg‘iziston Respublikasi Bosh-vazirining maslahatchisi, hozir esa Tumaris.Tech loyihasining Qirg‘izistondagi brend-ambassadori bo‘lgan.

Codify – Markaziy Osiyodan Accelerate Prosperity dasturida g‘olib chiqqan birinchi B2B IT-mahsuloti va 2021-yil avgust oyida kompaniya qiymati 1 million dollar bo‘lgan sarmoyaning 1-raundini oldi.

Vaqt va sana: 25-mart, soat 16:00

Manzil: Yashnobod tumani, Oltintepa, 28 (Codify ofisi)

Agar siz loyihangiz uchun mablag‘ jalb qilmoqchi bo‘lsangiz, imkoniyatingizni qoʻldan boy bermang va ishtirok eting.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havolaga oʻting: https://forms.gle/jsfPmDAz1C6SzYZ36

Malumot:

“Tumaris.Tech” — IT Park tomonidan USAIDʼning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish Loyihasi ko‘magida amalga oshirilayotgan ayollar tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Markaziy Osiyo loyihasi.

2022-03-19