IT Park rezidenti, “Green White Solutions” kompaniyasi rahbari, Abduqahhor Toshmuhammedov oliygohlar, talabalar bilan bogʻliq ayni damdagi vaziyat, kadrlar yetishmovchiligi va ushbu muammoning yechimlari haqida soʻzlab berdi.
Universitetdagi 4 yillik oʻqish davomida biz faqat nazariy bilimlarga ega boʻlamiz, bu esa yuqori daromadli ish topish uchun yetarli emas. Ayniqsa gap dasturlash haqida ketganda, axir bu yoʻnalishda amaliy tajriba juda ham muhim oʻrin tutadi. Shu sababli Abduqahhor va uning tarafdorlari 2 yillik taʼlimdan soʻng, talabalarni nomutaxassislik fanlaridan ozod qilgan holda tashkilotlarda faol ishlashlari va u yerda amaliyot oʻtashlariga imkon yaratish haqida hukumatga taklif yubordilar (ushbu taklif ayni damda koʻrib chiqilmoqda). Ish vaqti davomida talabalar diplom ishlarini tayyorlashlari va oliygohlardagi oʻquv jarayonlarini yakunlaganlaridan soʻng allaqachon tayyor va tajribali mutaxassislarga aylangan boʻlishadi, deya taʼkidladi Abduqahhor.
Qolaversa, Abduqahhorning aytishicha, talabalar yelkasida amaliy tajribaga ega boʻlgan holda oliygohni bitirganidan soʻng yetilgan va ishga tayyor boʻlishi tufayli, yutuqli pozitsiyada boʻladi. Shuningdek, tashkilotlarning oʻzi ham foydada boʻladi, sababi IT mutaxassislar yetishmovchiligi oʻzi haqida oʻylashga imkon beradi. Ularning yetishmovchiligi pandemiyaga qadar ham mavjud edi, ammo pandemiya davrida yanada koʻzga tashlanmoqda. Tashkilotlarga tajribali IT mutaxassislarni topish yanada qiyinlashmoqda.
Foydada boʻladigan uchinchi taraf, bu albatta – davlat, u ishsizlar haqida yanada kamroq qaygʻurishi mumkin boʻladi. Abduqahhorning taklifi shundan iboratki, oliygohlar, hukumat hamda tashkilotlar oʻzaro foydali boʻlgan bitimga kelishishlari lozim. Tashkilotlar talaba qanday rivojlanishi va tashkilotda u nimalar olishi mumkinligi haqidagi dasturni taqdim qilishlari mumkin. Zarur holatda talabaning tarjiba va ish sifati koʻrsatilgan oʻsish (rivojlanish) statistikasini taqdim qilish mumkin. Yakuniy natijada talabalar tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻz diplomini (diplom ishi) tayyorlashlari mumkin.
Agar “Green White Solutions” kompaniyasini misol qiladigan boʻlsak, kompaniya mutaxassislarga 10, 15, hatto 20 million soʻmdan maosh toʻlaydi. Biroq, afsuski, koʻplab insonlar yetarli tajriba va bilimga ega emas. Talabalar bilim olishlari uchun yetarli sharoit mavjud emas. Bu eskirgan taʼlim tizimi tufayli yuz bermoqda. Hozir oliygohlarda bilim emas, davomat muhim boʻlib qolgan. Baxtimizga IT Park ushbu gʻoyani xursandchilik bilan qabul qildi va allaqachon gʻoyani voqelikka aylantirish jarayonini boshlab yubordi, dedi Abduqahhor “IT Park Rewind” onlayn marafoni vaqtida.
Ushbu amaliyotdan allaqachon butun dunyo boʻylab, jumladan Kremniy Vodiysida ham faol foydalanib kelinadi. U yerda nafaqat qoʻlida diplomi bor talabani, balki yaxshi va talabgir mutaxassisni tayyorlashga harakat qiladilar, qoʻshimcha qildi Abduqahhor.
Xulosa sifatida Abduqahhor, IT Park bilan birgalikda oliygoh talabalarining tashkilotlarda amaliyot oʻtashlari gʻoyasini amalga oshirish jarayonlari yanada tezroq va batartib amalga oshmoqda, buning natijasida esa Oʻzbekistonda kadrlar yetishmovchiligi bilan bogʻliq vaziyat yaxshi tomonga qarab oʻzgarib boradi, deya qoʻshimcha qildi.
Onlayn marafonga havola: https://www.youtube.com/watch?v=I2qtxfc25e4
2020-07-25