IT Park vakillari talabalarga IT sohasida taʼlim olish imkoniyatlari haqida soʻzlab berish maqsadida respublikaning turli hududlariga tashrif buyurishda davom etmoqda.
17-may kuni IT Park’ning taʼlim loyihalari boʻyicha bosh menejerlari Ilhom Joʻrayev va Sirojiddin Sayfuddinov, shuningdek, xalqaro IT-sertifikatlar bo‘limi bosh menejeri Avaz Umirzoqovlar bir vaqtning oʻzida ikkita viloyatga – Navoiy va Buxoro shaharlariga tashrif buyurishdi.
Jumladan, Buxoro davlat universiteti va Navoiy davlat pedagogika universitetida treninglar o‘tkazilib, IT Park xodimlari talabalarga xalqaro IT-sertifikatlar va dunyoning eng yaxshi IT-kompaniyalari va universitetlarining yetakchi mutaxassislari rahbarligida IT sohasini o‘rganish va kerakli ko‘nikmalarni egallashga yordam beruvchi Coursera ta’lim platformasida o‘qishning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.
Shuningdek, universitet talabalari Microsoft, Google, Cisco, Coursera, Oracle, Cybersecurity va boshqa xalqaro IT-sertifikatlari uchun sarflangan mablagʻning 50% gacha kompensatsiya olish tartibi to‘g‘risida bilib oldilar.
Shu kuni IT Park filiallarida tashkilot rahbarlari va rezidentlari uchun treninglar ham o‘tkazildi. Sessiyada Coursera platformasining imkoniyatlari, xalqaro IT-sertifikatlari hamda COP loyihasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Bunday seminarlar respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, xalqaro IT sertifikat uchun sarflangan mablag‘ning 50% gacha kompensatsiya olish mumkin bo‘lgan dastur Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida IT Park tomonidan ishga tushirilgan.
Kompensatsiya olish uchun quyidagilar zarur:
Kompensatsiya olish uchun sertifikat olingan kundan boshlab 180 kundan kechiktirmay ariza topshirish lozim.
Arizalarni quyidagi havola orqali yuborish mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/622
2023-05-22