Jizzax viloyatida IT Markaz ochildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikka jalb etishni nazarda tutuvchi “Besh tashabbus” ning Uchinchisini amalga tatbiq etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi aholi, asosan, yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalarini keng hamda samarali foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini maʼlum qildi.

29-avgust kuni Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida zamonaviy IT Markaz ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilishda Sharof Rashidov tumani hokimi M Xolboʻtayev, Vazirlikning viloyat boshqarmasi boshligʻi V. B. Qurbonov, IT Park maslahatchisi J. Partasarti va Oʻzbekiston qahramoni Parda Ziyotov ishtirok etdilar. Ochilish marosimi ishtirokchilari IT Markaz mahalliy yoshlarning axborot-kommunikatsion texnologiyalar sohasida rivojlanishi uchun zamin yaratadi.

Umumiy hajmda IT Markaz zamonaviy koʻrinishda jihozlangan va 250 kishiga moʻljallangan 28 ta ajoyib kabinet, kiberfazolik oʻquv zali, robototexnik oʻquv toʻplamini oʻzida jamlagan.

Mazkur IT markazda quyidagi kurslar mavjud:

 

- Kompyuter savodxonligi;

- MS Office chuqurlashtirilgan darslari;

- Veb dasturlash tillari;

- Grafika va dizayn asoslari;

- Mobil ilovalarni yaratish;

- Python dasturlash tili;

- Arduino va Lego Mindstorms asosida mobil robototexnika;

- Shuningdek, kibersport: CS:GO, Dota2, FIFA20.

IT Markazlar IT sohasida rivojlanish va bu sohani asosiy daromad manbai qilmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston yoshlari uchun trampling vazifasini oʻtaydi.

Bugun kunga kelib yurtimizda 47 ta IT Markaz ochildi. 2021-yil soʻnggiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab 203 ta IT Markaz ochish reja qilinmoqda.

2020-09-03