Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilishi

Xalqaro nogironlar kuni har yili 3-dekabrda oʻtkaziladi, bu yilgi mavzuInklyuziv rivojlanish uchun transformatsion yechimlar: qulay va adolatli dunyoni yaratishda innovatsiyalarning roliboʻldi.

Ushbu kunni nishonlash imkoniyati cheklangan shaxslarga nisbatan kamsitishlarni bartaraf etish, aholining barcha qatlamlari uchun teng huquq va kafolatlar yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni ishlab chiqishga qaratilganJoriy yil mavzusida taʼkidlanganidek, innovatsiyalar, jumladan, axborot texnologiyalari barcha toʻsiqlarni yoʻq qilish xususiyatiga ega va barchaga muvaffaqiyatga erishish uchun teng imkoniyatlar beradi.

Nogironligi bolgan shaxslarni ijtimoiylashtirish, qoshimcha shart-sharoitlar yaratish va ular ortasida IT sohasini ommalashtirish, shuningdek, ularni kelajakda yuqori malakali mutaxassislar sifatida ishga joylashishlari uchun zarur konikmalarga ega bolish imkonini beruvchi IT-talimga yanada keng jalb etish maqsadida 2022-yil 3-dekabr kuni Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalq talimi vazirligi, IT Park Uzbekistan, Uzinfocom, kibersport Assotsiatsiyasi va Fidanza kompaniyasi bilan hamkorlikda turli yonalishlar boyicha kibersport turniri tashkil etildi.

Turnirda 100, 101, 102 va 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardan 200 nafarga yaqin nogironligi boʻlgan bolalar qatnashdi. Turnir yakunida barcha ishtirokchilar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Eslatib oʻtamiz, IT Park nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishi uchun inklyuziv loyihalar yaratmoqda, masalan, IT Parkʼning Toshkent filialida kompyuter savodxonligi va eshitish qobiliyati past boʻlgan odamlar uchun veb-dasturlash asoslari boʻyicha kurslar oʻtkazilmoqda.

Bundan tashqari, UNICEF bilan hamkorlikda “Skills4Girls” loyihasi tashkil etilgan bo‘lib, unda 214 nafar qiz, jumladan, nogironligi bo‘lgan 70 nafar ishtirokchi qatnashdi. Loyiha inklyuzivlik prinsipi asosida qizlarning, jumladan, nogironligi bo‘lgan qizlarning axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilish ulushini oshirishga qaratilgan boʻlib, shu orqali ularning taʼlim olish, ishga joylashish hamda yetakchilik qobiliyatlarini va oʻz imkoniyatlariga boʻlgan ishonchini oshirish imkoniyatlarini kengaytirdi.

 

2022-12-03