2025-yilning 10-20-mart kunlari “IT Park Ventures” va “IT Bilim” jamoalari IT rezidentlari va startaplar uchun asosiy tashabbuslar va imkoniyatlarni taqdim etish maqsadida Oʻzbekistonning Nukus, Urganch, Buxoro va Navoiy kabi hududlariga ish safari uyushtirdilar.
Nukus: sayohat va rezidentlar bilan uchrashuvlar boshlanishi
Nukusda 40 dan ortiq rezident kompaniya va startaplar bilan uchrashuv oʻtkazildi. “IT Park Ventures” vakillari venchur moliyalashtirish imkoniyatlarini taqdim etdilar. “IT Bilim” vakillari esa “Bilgi” platformasi — IT kurslarini oʻz ichiga olgan taʼlim marketpleysi haqida maʼlumot berishdi.
Shuningdek, rezidentlarga IT-oʻquv markazlarini qoʻllab-quvvatlash uchun maqsadli kreditlar dasturi; IT-kompaniyalar uchun xavflarni kamaytirish uchun “Zero Risk”; xalqaro bozorlarga chiqish uchun “Local to Global” dasturlari haqida maʼlumot berildi.
Taqdimotdan soʻng quyidagi startaplar bilan B2B uchrashuvlari boʻlib oʻtdi:
Uchrashuvlarda loyihalarning joriy ishlari, investitsiyalarni jalb qilish yoʻllari, qoʻllab-quvvatlash usullari muhokama qilindi, shuningdek, rivojlanishni kuzatish uchun KPI koʻrsatkichlari belgilandi.
Urganch: yangi loyihalar va istiqbollar
Xorazm viloyatidagi tadbirda 50 dan ortiq rezident ishtirok etdi. Qatnashchilar venchur moliyalashtirish imkoniyatlari, “Local2Global” dasturi va boshqa tashabbuslar haqida maʼlumot oldilar. Taqdim etilgan startaplar orasida:
Uchrashuv doirasida “IT Park Ventures” va “IT Bilim” vakillari startap loyihalarni amalga oshirish va bozorga kirish boʻyicha tavsiyalar berishdi, shuningdek, eksportga chiqishni qoʻllab-quvvatlash masalalari koʻrib chiqildi. Jarayonni nazorat qilish uchun KPI koʻrsatkichlari belgilandi.
Buxoro: IT-biznesni rivojlantirish va talabalar startaplari
Buxoroda rezidentlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, unda investitsiya imkoniyatlari va startaplarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Osiyo xalqaro universitetida talabalar oʻz loyihalarini taqdim etib, mutaxassislardan tavsiyalar olishdi. Qiziqarli startaplar orasida:
Uchrashuvlarda asoschillar oʻz loyihalarini taqdim etib, kengaytirish chora-tadbirlarini muhokama qildilar.
Navoiy: biznes uchun yangi yechimlar
Navoiyda ishtirokchilar biznesni avtomatlashtirish va raqamlashtirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdilar:
“IT Park Ventures” va “IT Bilim” vakillari startap loyihalarni dastlabki bosqichlarda rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar berdilar, loyihalarni kengaytirish va investitsiyalarga tayyorlash usullarini muhokama qildilar.
Keyingi qadamlar
“IT Park Ventures” va “IT Bilim” tashkilotlarining Oʻzbekiston hududlari boʻylab safari mahalliy IT-kompaniyalar va startaplarning venchur moliyalashtirish, taʼlim dasturlari va xalqaro kengayishga boʻlgan yuqori qiziqishini tasdiqladi. Tadbir ishtirokchilari nafaqat yangi imkoniyatlar bilan tanishdilar, balki kelgusidagi hamkorlik uchun ishbilarmonlik aloqalarini ham oʻrnatdilar.
2025-03-28