Mutaxassisimiz Otabek Arziqulov o‘zining mualliflik ruknida sakkiz yillik kuzatishlari davomidagi O‘zbekiston startap ekotizimining sifat evolyutsiyasi haqida gapirib beradi. Avvalari startaplar uchun sarmoya yetishmagan paytdan boshlab, bozor yangi loyihalar bilan to‘lib-toshgan hozirgi kunga kelib, akseleratsiya dasturlari paydo bo‘ldi, xususiy sektor va davlat ishtiroki tufayli esa venchur kapitaliga kirish yanada qulayroq bo‘ldi.
Otabek Arzikulov — tizim tahlilchisi, “Iqtisodiy sharh” nashri uchun tahliliy maqolalar va raqamli iqtisodiyot boʻyicha ilmiy maqolalar muallifi, “Gazpromneft” (Rossiya) kompaniyasi uchun texnologiya va metodologiyalarni ishlab chiqqan.
O‘zbekiston startap ekotizimining sifat evolyutsiyasi
Deyarli 8 yil oldin men birinchi marta O‘zbekistonda startap bozorini o‘rganishga kirishdim. O‘sha paytda ushbu soha rivojlanishning boshlang‘ich bosqichda edi, ammo tashabbuskor insonlar tomonidan amalga oshirilgan qiziqarli loyihalar va yechimlar allaqachon mavjud edi. Mamlakatda to‘liq rivojlangan startap ekotizimning yo‘qligi sababli, tadbirkorlarda o‘zlarining biznes loyihalariga sarmoya kiritish manbalarini topish masalasini keskin paydo bo‘ldi. Startapchilar hayotini yengillashtirish maqsadida men investitsiyalarni topish va jalb qilishning maqbul yo‘llarini tuzish uchun ushbu muammoli sohani o‘rganishni boshladim. Shu tariqa, “Startaplarning arvohlari o‘z g‘oyalari uchun mablag‘ izlab O‘zbekistonda kezib yurishibdi” maqolasi paydo bo‘ldi.
O‘shandan buyon startap ekotizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi: bozor turli sohalarda yangi innovatsion loyihalar bilan to‘la boshladi, barcha turdagi akseleratsiya dasturlari paydo bo‘ldi va eng muhimi, venchur kapitali yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashda yanada shaffof va ochiq bo‘ldi. Qolaversa, venchur investitsiyalari bilan nafaqat mahalliy jamg‘armalar shug‘ullanishmoqda, balki xorijiy investorlar ham mahalliy biznesni rivojlantirishga qiziqish bildirishmoqda.
Ekotizimni shakllantirishda davlat ishtiroki
O‘zbekiston venchur kapitalining 2022-2023 yillardagi investitsiyalari. Manba: AloqaVentures
Mahalliy venchur kapital bozorining jahon tajribasidan ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyati shundaki, bizning bozor ham xususiy, ham davlat kapitali ishtirokida shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi qarori orqali mamlakatda venchur kapital ekotizimini rivojlantirish maqsadida “UzVC” Milliy venchur fondining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani buning tasdig‘i hisoblanadi. Bundan tashqari, “UzVC” fondining faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
Qaror asosida 15 milliard so‘mlik boshlang‘ich ustav kapitali ham shakllantirilib, jamg‘arma mahalliy ekotizimning asosiy ishtirokchilaridan biriga aylandi. Fondni boshqarish uchun xalqaro tajribaga ega xorijiy mutaxassislar tavsiya etildi. Bugungi kunda jamg‘arma portfeli 8 ta startapdan iborat bo‘lib, ulardan 7 tasi mahalliy iqtisodiyotda faol ishtirok etmoqda.
Venchur investitsiyalarida bank tajribasi
Bank kapitali O‘zbekistonda startaplar ekotizimini shakllantirishda ham tashabbus ko‘rsatdi. 2021-yilda “AloqaVentures” venchur bo‘linmasini ishga tushirgan AT “Aloqabank” bu sohada peshqadam bo‘ldi. Bugungi kunda ularning startaplarga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi qariyb $2,5 millionga yetdi. Jamg‘arma sun’iy intellekt, fintech (moliyaviy texnologiyalar), adtech (reklama texnologiyalari), medtech (tibbiy texnologiyalar) kabi sohalarda 22 ta loyiha bilan hamkorlik qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, “AloqaVentures” nafaqat mahalliy startaplarga qiziqish bildirmoqda, balki respublikadan tashqarida ham milliy iqtisodiyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yechimlarni qidirmoqda.
Jamg‘arma bayonotida ta’kidlanishicha, xorijiy startaplarga kiritilgan sarmoyalar “Aloqabank” ekotizimini yangicha qarashlar va innovatsion yechimlar bilan boyitdi. “AloqaVentures” fondi “Zypl.ai” kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirishida ham muhim rol o‘ynadi. O‘zining strategik resurslariga ega bo‘lgan investor startapning O‘zbekistondagi mavqeini mustahkamlashga va sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or yechimlarga ortib borayotgan talabni qondirishga yordam berdi.
2024-yil uchun jamg‘arma ulkan rejalar tuzdi: investitsiya portfelini umumiy qiymati $5 million bo‘lgan 35 ta loyihaga yetkazish.
Natijaga qaratilgan hamkorlik
Jamg‘armalar tayyor investitsiya yechimlarini qidirishdan tashqari, tadbirkorlar o‘rtasida venchur moliyalashtirish madaniyatini singdirish va kengaytirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Xususan, ushbu vazifani amalga oshirish uchun “Plug and Play Tech Center” platformasi, IT Park Uzbekistan va “AloqaVentures” fondi strategik hamkorlikni e’lon qilishdi. Ushbu hamkorlik doirasida startaplar akseleratsiya dasturida ishtirok etishdi va uning yakunida tadbirkorlar Markaziy Osiyoning yetakchi fond va korporatsiyalariga o‘z yechimlarini taqdim etishdi.
“Plug and Play” akseleratorining birinchi oqimi yakunlari bo‘yicha 10 ta o‘zbek startaplari dasturni muvaffaqiyatli tugallashdi. Ular orasida: “Royal Taxi”, “Mohirdev”, “Uysot”, “Didox”, “Sugurta Bozor”, “Tass Vision”, “Jobster”, “Beautify”, “Prep.uz”, “RubyFleet” startaplari o‘rin olgan. Dastur davomida “Mohirdev” va “Didox” kompaniyalari “AloqaVentures” jamg‘armasidan mos ravishda $250 ming va $175 ming miqdorda investitsiyalarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Samarali hamkorlik, shuningdek, startaplarga “Innovation Journey” dasturi doirasida Silikon vodiysida treninglar o‘tash imkonini berdi. Sammit davomida tadbirkorlar ilg‘or texnologiyalarni o‘rganishdi, muhokamalar va netvorking sessiyalarida ishtirok etishdi — ushbu to‘plangan bilim va o‘rnatilgan aloqalar ularga iqtisodiyotning turli sohalarida yuqori sifatli mahsulot va xizmatlar yaratish imkonini beradi.
“UzVC” milliy venchur fondi ham xorijiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. 2021-yildan beri “UzVC” fondi “Sturgeon Capital” bilan birgalikda startap loyihalarni moliyalashtirib kelmoqda. Londonda joylashgan “Sturgeon Capital” fondi uzoq vaqtdan buyon rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlariga ixtisoslashgan bo‘lib, O‘zbekiston startaplari ularning portfelidan allaqachon o‘rin egallashgan. Xususan, 2020-yilda jamg‘arma “BILLZ” kompaniyasining boshlang‘ich davrida $150 ming sarmoya kiritdi.
“Sturgeon Capital” fondining hamkori Robin Butler O‘zbekiston venchur bozori haqidagi o‘zining optimistik prognozi bilan o‘rtoqlashdi:
"Kelgusi 10 yil ichida O‘zbekistonda yosh va tobora boy aholi orasida texnologiyalarni joriy etish tendensiyasini qo‘lga kirita oladigan mahalliy chempionlarni yetishtirish uchun uzoq muddatli imkoniyat mavjud. Bozorning rivojlanishi uchun vaqt talab etiladi va buni anglagan va mijozlarni samarali jalb qilib, saqlab qola oladigan startaplar gullab-yashnaydi."
8 yil ichidagi sifat o‘zgarishlari
2016-yilgi O‘zbekiston startap bozori bilan birinchi tanishuvim beixtiyor menda bozorning o‘sha paytdagi holatini hozirgisi bilan taqqoslash istagini uyg‘otdi. Shuning uchun, maqolaning xulosa qismi o‘rniga startaplar ekotizimidagi sifat o‘zgarishlarining asosiy nuqtalarini keltirib o‘taman:
Agar sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni bitta iborada ta’riflaydigan bo‘lsak: 2016-yilda startaplar venchur fondlarni qidirishdi, bugungi kunda esa venchurlar startaplar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga tayyor.
2024-02-08