2023-yilning 9-mart kuni O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov “IT Park Uzbekistan” majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov ham ishtirok etdilar.
IT Park rahbari mehmonlarga tashkilot faoliyatini tanishtirib, uning asosiy maqsadi – mamlakat IT-xizmatlari eksportini oshirish, startap loyihalarni jadallashtirish, ta’lim platformalari uchun shart-sharoitlar yaratish, IT-kompaniyalar uchun rezidentlik dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, xorijiy IT-mutaxassislarning O‘zbekistonga ko‘chishiga ko‘maklashish va IT ekotizimning barcha ishtirokchilari uchun boshqa qator imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat ekanligini taʼkidladi.
Akilbek Japarov Qirg‘iziston Respublikasi startaplarni yaratish va rag‘batlantirish uchun shart-sharoit yaratishda O‘zbekiston tajribasidan faol foydalanishi kerakligini ta’kidladi.
“Kelajak, jumladan, hayotning turli sohalarida innovatsion texnologiyalar va IT-yechimlarga tegishli. Biz jadal rivojlanayotgan raqamli dunyoning ajralmas qismi boʻlishimiz va global trendlardan xabardor boʻlishimiz kerak”, – dedi Akilbek Japarov.
Qirg‘iziston hukumati delegatsiyasi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentdagi bir qator sanoat va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.
2023-03-10