O‘zbekistonning raqamli kelajak yo‘lida

Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakat va o‘zgarishlarga chanqoq tadbirkorlar uchun texnologiya kelajak farovonligiga kalit bo‘lishi mumkin.
 
Avgust oyining oxirida “Newmax Technologies” ijrochi direktori Akmal Payziev endigina biznes hamjamiyati uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashkil etilgan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu prezident va mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi birinchi ochiq muloqot sifatida e’lon qilindi. Butun mamlakatdan besh yuzta biznes vakillari ishtirok etdi.

Payziev raqamli xaritalash va navigatsiya xizmatlarini taklif qilib o‘z kompaniyasiga 2005 yilda asos slogan. Bugungi kunda uning xolding kompaniyasi raqamli takliflarni: bulutli tizimga asoslangan xodimlar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish ilovalarini o‘z ichiga oladi. Taxminan 1 million o‘zbekistonlik uning xizmatlaridan foydalanadi.
Ammo, so‘nggi islohotlarga qaramay, soliq va byurokratiya mamlakat tadbirkorlariga og‘irlik qilmoqda. 

Konferensiya davomida prezident ko‘plab amaldagi qonunlar “tadbirkorlar uchun noo‘rin” ekanligini takidladi. U, shuningdek, yig‘ilish muammolarni birgalikda hal qilish uchun qadam bo‘lishini xohlashini aytdi.

Akmal Payziev, “Newmax Technologies” bosh direktori
Bir kun oldin, Payziev mamlakat soliq idorasi bilan navbatdagi videoselektorda ishtirok etdi. “Uch yil oldin, hech qanday tushuntirishsiz xat yuborishligi tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan holat edi. . . Bu juda katta o‘zgarish”, - deb tushuntiradilar.

Payziev 2003 yilda birinchi ishini, Internet-kafesini ochganida 20 yoshda edi. O‘sha paytda O‘zbekistonda raqamli texnologiya faqat texnik vosita sifatida qaralar edi: “Internet haqida gapirish, konchilik haqida gapirish kabi edi”.

Ammo atrof-muhit fanlari bitiruvchisining aytishicha, u o‘zini har doim “Amerika bilan sinxronlashgan” deb his qilgan va “Microsoft” asoschisi Bill Geytsdan ilhomlangan.

Universitetda xaritalash dasturini o‘rgangan Payziev birinchi navbatda “avtomobil navigatsiya tizimini yaratishni orzu qilgan”. Bu imkoniyat 2005 yilda, import qilingan mashinalar eng so‘ngi GPS-texnologiyasi bilan kelganini, lekin O‘zbekiston xaritasi bo‘lmaganini payqagach, keldi.

Mamlakatning eng yirik supermarketlar tarmog‘ining asoschisi - farishta investor Zafar Hoshimovning ko‘magida Payziev kompaniyasi xaritalarni litsenziyalashni birinchi bo'lib qo‘lga kiritdi.

2011 yilda bepul “Google Maps”ning kelishi “Newmax”ni moslashishga majbur qildi. O‘zining mahalliy bilimlaridan foydalangan holda, “Newmax” dizel yoqilg‘isini nazorat qiladigan korxonalar uchun lokatsiyalarni aniqlash moslamasini ishlab chiqdi, bu esa mintaqada davom etib kelayotgan muammoni - haydovchilar uchun yonilg‘ini qora bozorda sotishini qiyinlashtiradi.

Biroq, 2019 yildan boshlab, ma’muriyat startaplarni qo‘llab-quvvatlash va 15 milliard so‘mlik “UzVC” milliy venchur fondini tashkil etish uchun 40,5 milliard so‘m yoki 3,8 million dollar ajratdi.

Shunga qaramay, muammo katta bo‘lib qolmoqda. 2020 yilda raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotning atigi 2 foizini tashkil etdi va mamlakat 2020 yilgi global innovatsion indeksi bo‘yicha 93-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 2030 yilga kelib indeks bo‘yicha birinchi 50talikka kirishni niyyat qilgan.

Ma’lumotlar yo‘qligi sababli O‘zbekiston besh yil davomida kiritilmaganidan so‘ng, 2020 yilda Global innovatsion indeksiga qaytdi.

IT Park - davlat biznes-inkubatori va akseleratori rahbari Farhod Ibragimovning aytishicha, mamlakat hozirda O‘zbekiston qiyofasini o‘zgartirish, qishloq xo‘jaligi “imidjidan” intellektual salohiyatga ega mamlakatga o‘tish yo‘lida birinchi qadamlarini qo‘ymoqda

Ibragimovning fikricha, Prezident Mirziyoev 2018 yilda Hindistonga qilgan sayohatdan ilhomlanib, u yerda “iqtisodiyotni o‘sishida ITning kuchi”ni ko‘rdi va bu uning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan ikki mamlakatining “eksportga to‘sqinlik qiladigan muammo”ni yengish uchun imkoniyati sifatida ko‘rdi. O‘sha yilning oxirida IT Park tashkil etildi.

IT Park’ning yana bir vazifasi - bozorni IT mutaxassislari bilan ta’minlashdir. Payziyevning aytishicha, iste’dod topish uning ishida katta to‘siqdir.

“Biz hozir Belarus yoki Ukrainadan mutaxassislar olmoqdamiz, chunki  o‘zimizda kerakli mutaxassislarni topa olmayapmiz. Bunda yetti oy yoqotamiz”, - deydi u va ko‘plab startaplarning yoqolishiga sabab bo‘lishi mumkin. “Biz ko‘proq xorijiy kompaniyalarni jalb qilishimiz kerak. Ular o‘z tajribalarini olib kelishadi, bu esa mutaxassislarning tezroq o‘sishiga yordam beradi”. 

Bugungi kunda, deydi Ibrohimov, IT Park 14ta IT litsey va 150ta o‘quv markazini boshqaradi. U 100 dan ortiq loyihalarni qo‘llab-quvvatladi, ularning 40tasi ayollar tadbirkorligiga qaratilgan. O‘zbekistonda imtiyozlar, stipendiyalar, pensiyalar va soliq deklaratsiyasini qamrab oladigan 266ta raqamli davlat xizmatlari mavjud.

Ammo Muvaffaqiyat Internetga kirish tezligini oshirishga bog‘liq.
Garchi mamlakat geografik maydonining 96 foizi mobil aloqa tarmog‘i bilan qoplangan bo‘lsa-da, IT Park ma’lumotlariga ko‘ra, 34 million aholidan atigi 22 milliontasi, ya’ni 65 foizi Internetga bog‘langan.

O‘zbekistonning yosh axborot texnologiyalari sektori boshqa muammolarga ham duch kelmoqda. Payzievning fikricha, o'z mamlakatining texnologik kelajagi “ta’limni demokratlashtirish”ga, xususiy maktablar va oliy o‘quv yurtlarini ko‘paytirishga, ishchilar uchun ish haqi va sharoitlarni yaxshilashga bog'liqdir.

U shunday deydi: “Hukumat texnologiya o‘sishning keyingi omili ekanligini tushunadi. Garchi infratuzilma muammolarini hal qilish va ta’limni o‘zgartirish mumkin bo‘lsa, umidim so‘nmaydi”.

Maqolani o'qing: https://clck.ru/XUCQW

2021-09-11