Seminar: "Qanday qilib MVP va marketingda pul va asablarni tejash mumkin"

22-sentabr kuni soat 18:00da IT-Park Toshkent filialida IT-kompaniyalar va startaplar uchun “MVP va marketingda pul va asablarni qanday tejash mumkin” mavzusida “Startup advice” shaklida seminar bo‘lib o‘tadi.

Unda Sugʻurta polislarini onlayn xarid qilishni 10 barobar osonlashtirgan InsurTech startapi Sugʻurta Bozor asoschisi va CMO hammuassisi Azizbek Qurbonov o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.

Azizbek ishtirokchilar bilan startapni ishga tushirish bo'yicha shaxsiy tajribasi bilan bo’lishadi hamda turli bosqichlarda ishni soddalashtirishga yordam beradigan usullar haqida so’zlab beradi. Spiker tadbir ishtirokchilariga MVPni qanday tayyorlash va uni targ'ib qilish, shuningdek, o'z pullarini va investorning pullarini tejash uchun gipotezalarni sinab ko'rish usullari haqida ma’lumot beradi.

Tinglovchilar mahsulotlar g'oyalarni samarali va arzon qiymatda sinovdan o'tkazish vositalari va loyihani ishga tushirish uchun yakuniy mahsulot bo'lishi shart emasligi haqida bilib oladilar.

Sessiya rus va o‘zbek tillarida olib boriladi. Tadbirda ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan.

21-sentabr, 12:00 gacha quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish mumkin:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSekcHV3DuWEka6vxq1-W7aA1p-ld1_upB3P8jA-y8fw6W_aow/viewform 

Manzil: Toshkent sh., Maxtumquli, 1A (IT Park Tashkent).

Eslatib oʻtamiz, “Sugʻurta Bozor” loyihasi UzVC venchur fondidan 100 000 AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qilishga muvaffaq boʻlgan.

Sug'urta Bozor O'zbekistondagi birinchi sug'urta xizmatlari marketplace’i hisoblanadi.  Loyiha sug‘urta kompaniyalari va aholi o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga qaratilgan.  Hammuallif Azizbek Qurbonov taʼkidlaganidek, “Sugʻurta Bozor” aholini xavf-xatarlardan sugʻurtalashda, sugʻurta kompaniyalarga esa qoʻshimcha onlayn savdo kanalini taqdim etish orqali oʻz mahsulotlarini sotish hajmini oshirishda yordam bermoqda.

2022-09-16