Tatariston Respublikasi delegatsiyasi IT Park’ga tashrif buyurdi!

2021-yilning 24-25-noyabr kunlari IT Park rahbariyati va Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Midxat Shagiaxmetov boshchiligidagi Tatariston Respublikasi delegatsiyasi o‘rtasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.  Shuningdek, delegatsiya tarkibiga Tatariston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari Dinar Shakirov, Tatariston Respublikasi Investitsiya va venchur jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Robert Galliulin, “Innopolis” maxsus iqtisodiy zonasi vakillari va boshqalar kirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos, IT Park direktori Farhod Ibragimov, IT Park direktorining Xalqaro rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari Bahodir Ayupov, shuningdek, IT Park direktorining Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov ishtirok etdi.

Tatariston Respublikasidan kelgan mehmonlarga IT Park faoliyati, startap ekotizimini rivojlantirish, axborot texnologiyalari bozorining bugungi holati, O‘zbekiston Axborot texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, shuningdek, infratuzilma va ta’lim loyihalari haqida so‘zlab berildi.  Delegatsiya Tatariston Respublikasida ushbu fondni shakllantirish tajribasini o'zlashtirishga qiziqish bildirdi.

26-noyabr kuni Toshkent shahridagi IT Park filialida delegatsiya aʼzolari DataSite Technologies, KashApp, Green White Solutions, Genesis Innovation, RealSoft, ExactIT kabi IT Park rezident kompaniyalari rahbarlari va yetakchi ekspertlari va boshqalar bilan ham uchrashuv oʻtkazdi.

IT Park rezident kompaniyalari rahbarlari bilan suhbatdan so‘ng, tadbir mehmonlari yaqin hamkorlikka qiziqish bildirdilar va mahalliy bozorga chiqishni yanada kengaytirish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z vakolatxonalarini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.  Bu O‘zbekistonning iqtidorli yoshlari uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, ularda tajriba orttirish, Tataristonning yetakchi IT mutaxassislaridan saboq olish imkonini beradi.

Uchrashuv so‘ngida delegatsiya a’zolariga IT Park majmuasi qurilish maydonchasi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi, uning davomida delegatsiya bo‘lajak IT-majmuasi loyihasi bilan tanishdi.  Shuningdek, uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

2021-11-25