Tumaris.Hack xakatoni gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlandilar

14-noyabr kuni Huawei ofisida ikkinchi Markaziy Osiyo Tumaris.Hack xakatoni goliblarini taqdirlash marosimi bolib otdi.

Onlayn xakaton Tumaris.Hack Markaziy Osiyo mamlakatlari qizlari uchun 4–6-noyabr kunlari boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar uch kun davomida mentorlar komagida muammolarni hal qilish ustida ishladilar va keyinchalik hakamlar hayatiga taqdimot qilish uchun ilovalar prototiplarini yaratdilar.

Ta’kidlash joizki, ishtirok etish uchun jami 469 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Mamlakatlar orasida 207 ta ariza kelib tushgan Oʻzbekiston yetakchi boʻldi. 159 ta ariza Qozog‘istondan, 68 ta – Qirg‘izistondan, 32 ta – Tojikistondan va 3 ta ariza Turkmanistondan.

Birinchi kuni tashkil etilgan 53 ta jamoadan 21 tasi Demo Dayʼda o‘z loyihalarini taqdim etdi. Jamoalar uchta yo‘nalish bo‘yicha bellashdilar: E-commerce, FinTech va DeepTech.

Hakamlar hayʼatining baholash natijalariga koʻra, xakaton gʻoliblari boʻldi:

  • 1-o‘rin – O‘zbekiston jamoasi Madagascar “MoveIt” loyihasi bilan– sun’iy idrokga asoslangan harakatlarni takrorlashda harakatchanlikni rivojlantirish uchun ijtimoiy tarmoq;
  • 2-o‘rin – Qozog‘iston jamoasi Game Changers – sun’iy idrok asosida yuz ifodalari orqali inson hissiyotlarini o‘qish uchun yaratilgan ilova;
  • 3-o‘rin – O‘zbekiston jamoasi Totally Stem – ishonchli uy-joy ijarasi uchun platforma.

Xakaton g‘oliblariga Beeline, TBC Bank va Huawei kompaniyalari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.  Bundan tashqari, xakaton g‘oliblari Tumaris.Tech akseleratsiya dasturi bo‘yicha xakaton doirasida yaratilgan loyihalarni raqobatsiz asosda rivojlantirishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Eslatib oʻtamiz, IT Park USAID tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi, Beeline Uzbekistan Digital-operatori, TBC Bank, Huawei, shuningdek, “Wonder Women” ayollar hamjamiyati koʻmagida Tumaris.Tech loyihasining Markaziy Osiyo inkubatsiya va tezlashtirish dasturlarining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabul qilinishini eʼlon qildi.

Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari 12-dekabrda boshlanadi, ular 2,5 oyga moʻljallangan va rus tilida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Sessiyalar texnologik komponentli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan  ayol-tadbirkorlar uchun toʻgʻri keladi.

Dasturlarga 5-dekabrgacha quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:  https://forms.gle/fAjhh8X6WDhdyN5J7 

Batafsilhttps://tumaris.tech/tumaristech 

2022-11-15