Universitetga kirishga tayyorgarlik ko'rish uchun IT Park va Coursera-dan maxsus kurs

IT Park joriy yilning fevral oyida boshlanadigan“Course in Information Technology” (Foundation) maxsus tayyorlov kursi uchun to‘plam ochmoqda.

Ta
ʼlim dasturi Google, Intel, IBM, Yel universiteti va Johns Hopkins universiteti kabi yetakchi xalqaro kompaniyalar va universitetlarning dasturlash, matematika, akademik ingliz tili va loyihalarni boshqarish boʻyicha eng yaxshi kurslarini oʻz ichiga oladiKurslarni tugatgandan soʻng talabalar IT Park va Coursera sertifikatlari bilan taqdirlanadilar.

Maxsus kurs dasturiga nimalar kiradi?

Ushbu dastur mamlakatning keng aholisiga yuqori sifatli va hamyonbop IT-taʼlimni taqdim etishga qaratilganUshbu loyiha IT Park tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida Coursera kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi va quyidagi kurslarni oʻz ichiga oladi:

— 
Introduction to Computer Programming;

—  Computer Science;

—  Programming for Everybody (Getting Started with Python);

—  Using Python to Access Web Data;

—  Using Databases with Python;

—  Academic English.

Bundan
tashqari, talabalar axborot texnologiyalarining qaysi yoʻnalishi ularga maʼqul boʻlishini yanada yaxshi tushunish uchun biznes va tadbirkorlik asoslarini, turli dasturlash tillarini oʻrganadilar.

Dasturning davomiyligi 6 oy.  Maxsus kurs ikki bosqichga boʻlingan, har biri 12 hafta.  Kurs onlayn tarzda olib boriladi, ingliz tilidan akademik darslar esa hududiy IT-Markazlarida olib boriladi.


Kursning afzalliklari quyidagilardan iborat:

 - har bir oʻquvchi kurs davomida unga yordam beradigan shaxsiy murabbiyga ega boʻladi;

 - kurs doirasida har hafta oʻqituvchi bilan onlayn maʼruzalar oʻtkaziladi;
 
 - talabalar istalgan savolga 24/7 kun davomida javob olishlari mumkin.  Fikr-mulohazalar har doim qoʻllab-quvvatlanadi, oʻquvchilarga doimiy ravishda yordam berishadi va qoʻllab-quvvatlashadi;

 - agar oʻquvchining uydan turib o‘qish imkoniyati bo‘lmasa, u holda istalgan IT-Markazga kelib, u yerda bepul tahsil olishlari mumkin.

Ushbu dasturni tugatgandan soʻng talabalar dunyoning eng yaxshi IT-kompaniyalari va universitetlarining yetakchi mutaxassislari rahbarligida IT sohasini oʻrganish va zarur koʻnikmalarni egallash imkoniyatiga ega boʻladilar, chunki Coursera bilan hamkorlik IT Parkga  University of London, Google, University of Michigan va boshqalar kabi 250 dan ortiq yetakchi xalqaro kompaniyalar va universitetlardan eng yaxshi taʼlim dasturlarini taqdim etish imkonini beradi.

Kursga yozilish uchun nima qilish kerak?

Dastur toʻliq ingliz tilida bo'lib oʻtadi, shuning uchun talab qilinadigan ingliz tilini bilishning minimal darajasiElementary.

Maxsus kursga yozilish uchun quyidagi soʻrovnomani toʻldirishingiz kerak: http://apply.itpu.uz/

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 10-fevral

Muhim!

Maxsus kursning davomiyligi - 6 oy, oylik narxi - 1 100 000 som.

Toʻlov bir vaqtning oʻzida yoki ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin: oʻqishning boshida va maxsus kursning birinchi bosqichi tugagandan soʻng.

Murojaat uchun:

Telefon: +998 55 503-99-99

Email: itpu@it-park.uz

Qongiroqlar dushanbadan-jumagacha 9:00dan 18:00gacha qabul qilinadi.

2022-01-20