Xalqaro Forum “Kazan Digital Week-2021”: ikkinchi kun natijalari

Kecha Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida o‘tayotgan “Kazan Digital Week – 2021” xalqaro forumining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi kun 21-sentyabrda belgilangan sur’atni kamaytirmadi. Biroq, agar birinchi kuni umumiy e’tibor Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanovning tashrifiga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi kun esa IT Park delegatsiyasi va ko‘rgazmaning boshqa ishtirokchilari uchun professional hamkorlikda muhim uchrashuvlar va ikki respublika tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan bitimlar bilan boyidi.

Ikkinchi kun yorqin voqea “IT Park Uzbekistan” va “MIZ Innopolis” AJ tashkiloti o‘rtasida IT Park direktori o‘rinbosari Abdulaxad Qo‘ chqorov va “MIZ Innopolis” AJ tashkiloti Bosh direktori Renat Halimov tomonidan memorandum imzolanishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng IT Park hamda IT mutaxassislari va O‘zbekiston startaplari egalari uchun xuddi shunday muhim voqea sodir bo‘ld – “IT Park Uzbekistan” va Qozon shahridagi IT Park o‘rtasida 2019-yil 2-aprelda imzolangan memorandum doirasida qo‘shimcha kelishuv imzolandi. Batafsil: https://clck.ru/XkAnA

Shu vaqtning o‘zida, IT Park “RealSoft” kompaniyasi direktori Hikmatullo Nasrullayev bir necha muhim uchrashuvlar o‘tkazdi. Birinchi uchrashuv “БАРС Груп” kompaniyasining asosiy mijozlari bilan ishlash departamenti menejeri Andrey Shirshov bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida tomonlar davlat va korporativ axborotlashtirish uchun IT yechimlarni ishlab chiqarish sohasida kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Rezident kompaniya uchun navbatdagi muhim uchrashuv “Etton” kompaniyasi savdo direktori Anton Kukushkin bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari korporativ va davlat sektori uchun avtomatlashtirish tizimlari bo‘yicha birgalikda ishlashning barcha imkoniyatlarini batafsil muhokama qilishni kelishib oldilar.

Bundan tashqari, IT Park boshqa IT Park resident kompaniyalarini ko‘rgazmada taqdim etilgan yirik xorijiy kompaniyalar bilan tanishishiga yordam berdi. Bunday uchrashuvlardan biri “Exact IT” IT kompaniyasi direktori Yuliy Yakovlevaning “Tatneft” OAJ Rossiya neft kompaniyasi Faim Xayrullin, shuningdek, “БАРС Груп” kompaniyasi vakili Andrey Shirshov, energetika ob’ektlarida IT infratuzilmani loyihalash, qurish va qo‘llab-quvvatlash sohasida “Tataisenergo” IT kompaniyaning vakili bilan uchrashuvi bo‘ldi. Kelajakdagi hamkorlikni batafsil muhokama qilish uchrashuvlarning har birini birinchi yutug‘i hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, IT Park direktori o‘rinbosari Abdulaxad Kuchkarov Politexnika universiteti professori va Rossiya tijorat aksiyadorlik banki OAJ “Ak Bars Bank” vakili bilan kiberxavfsizlik dasturlarini yaratish va joriy etish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston robototexnikachilari uchun muhim voqea yuz berdi. IT Park direktori o‘rinbosari Abdulaxad Qo'chqorov va ta’limni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sardor Qo‘chqorov “WorldSkills Russia” kompaniyasining sanoat bilan ishlash va yangi malakalarni rivojlantirish departamenti direktorining o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ular Rossiyada robototexnika sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishish, “WorldSkills DigitalSkills 2021” standartlari bo‘yicha axborot texnologiyalari sohasidagi 3-chi sanoat chempionatiga tashrif buyurish va butun dunyoda robototexnika sohasining boshqa mashhur va talabgir sohalarini joriy etish imkoniyatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kunning yutug‘i “BePro” kompaniyalar guruhi bosh direktori Abduvoitjon G‘ofurov, “UZGPS” va “BePro” direktori Nuriddin Jo‘rayevning Tatariston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirining birinchi o‘rinbosari Neil Rinatovich Zalakov va Respublika axborot hisoblash markazi aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Niyaz Andreevich Xaliullin bilan muhim uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuv yakunida tomonlar qishloq xo'jaligini raqamlashtirishda hamkorlik qilish va loyihalarni ishlab chiqish bo'yicha tajriba almashishga kelishib oldilar. 

Bular “Kazan Digital Week – 2021” xalqaro forumining ikkinchi kunida yuz bergan voqealarning hali hammasi emas.

IT Park delegatsiyasi taqdim etilayotgan imkoniyatlaridan unumli foydalanishga va barcha uchrashuvlarda ishtirok etishga harakat qildi, bu biz ishonganimizdek, oxir-oqibat samarali hamkorlikka olib keladi. Oldinda esa hali ko‘rgazmaning uchinchi kuni bor, uning natijalari haqida keyinroq xabar beramiz.

2021-09-23