Xorijiy investor javo beradi: O‘zbekiston IT bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi boʻla oladimi?

Asif Keshodiamamlakatimiz mutaxassislari bilan qo‘shma loyihalar ustida ish olib borayotgan Pokistonlik malakali va tajribali mutaxassis hisoblanadi. Asif yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga tashrifi doirasida Namanganga tashrif buyurdi. Shuningdek, u mahalliy loyihalarga investitsiya kiritish hamda mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. 


 

“Gillette” ning ishga tushirilishi

Asif ta’lim bo‘yicha moliyachi bo‘lib ishlaydi. U “PwC” Pokistan kompaniyasida ishlash orqali buxgalterya bo‘yicha kasbiy malaka oshirgan.

Diplomli buxgalterga aylangandan so‘ng, u “Gillette” ning ishga tushishiga o‘z hissasini qo‘shdi hamda ularga Pokistonda o‘z faoliyatlarini boshlashlari uchun yordam berdi. Mazkur kompaniyadagi faoliyati davomida Asif Buyuk Britaniya, Rossiya, Janubiy Afrika va boshqa bir qator davlatlarda xalqaro vazifalarni bajargan. Asif “Gillette” kompaniyasi nomidan turli davlatlarda moliyaviy lider bo‘lgan. Uning vazifasi strategik yo‘nalishda yordam berib, biznesni rivojlantirishda yangi operatsion moliya va mahalliy bozor jamoasini shakllantirishga yordam berishdan iborat edi.

“Souq” ning ishga tushirilishi

“Souq.com” da Asif loyihani ishga tushirish jarayoning dastlabki bosqichida ishtirok etgan. Loyihada u jamoaning moliyaviy direktori sifatida faoliyat ko‘rsatdi va uning vazifasi asosan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada biznes o‘sishini ta’minlash uchun investitsiya jalb qilishdan iborat edi.

Biz biznesimizni “Amazon” kompaniyasi “Souq” ni sotib olish  darajasigacha kengaytirdik” - dedi Asif.

“Zip24” ishga tushirilishi

O‘tgan yili Asif “Wing” startapi hamta’sischisi va bosh ijrochi direktori Muzaffar Qoraboev bilan Dubaydagi “Zip24” startapining hamta’sischisiga aylandi.  Ayni damda ularda nafaqat turli xil texnik markazlar, balki “SaaS” (dasturiy ta’minot) yaratish, ya’ni  logistika va savdo operatsiyalari uchun iste’dodli mutaxassislar ham bor. Bugungi kunda Asif va Muzaffar Fors ko‘rfazi davlatlari, Markaziy Osiyo va Pokistonga bor e’tiborlarini qaratgan.

“Biz logistik xizmatlar va “oxirgi milni” yetkazib berish bo‘yicha katta tajribaga egamiz va ularni yaxshi tushunamiz.  Biz marshrutizatsiyani optimallashtirish, xaridorlarning aynan qayerda mahsulotlarni qabul qilib olishni xohishlariga qarab IA ni qurish va xaritalashga oid bo‘lgan  muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot ustida ish olib boryapmiz. Bu “oxirgi mil” operatoriga “SaaS“ orqali yetkazib berish uchun ketadigan vaqt va resurslarni tejashiga yordam beradi. “Souq” va “Amazon” da ishlash jarayonida biz buyurtmani yetkazish va logistikaga bog‘liq muammolarga duch kelamiz.  Biz ushbu muammolarni hal qilish yo‘llari bor ekanligini tushunamiz va rivojlanayotgan bozorlar uchun o‘z yechimlarimizni taqdim etamiz”, - dedi xorijlik mutaxassis.

Nega O‘zbekiston?

Asif investitsiya kiritayotgan yo‘nalishlardan biri “SaaS” mahsulotlari va mijozlarini qo‘llab-quvvatlash uchun texnologik markazlarini yaratishdir. O‘zbekstondagi ushbu texnologik markazlari O‘rta Osiyo hududlariga ko‘mak ko‘rsatadi. Asifning aytishicha, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yuqori o‘sish salohiyatiga ega asosiy bozor hisoblanadi va aynan shu sababli u va uning hamkasblari boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida emas, balki O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirishga qaror qilishdi.

“Biz O‘zbekiston Prezidentining O‘zbekistonni 2030-yili yirik iqtisod sohasida lider sifatida ko‘rish xohishida ekanligidan hayratda qoldik.  O‘zbekiston villyatlarida aholining aksariyati yoshlardan iborat bo‘lganligi uchun biz o‘z texnologik markazimizni O‘zbekistonda ochishga qaror qildik”, - dedi Asif.

Asif O‘zbekiston bo‘ylab bir haftalik sayohatga chiqdi. Sayohati davomida u Namangan va Toshkentga tashrif buyurdi. Safari davomida Asif turli xil hokimiyat vakillari va ularning rahbariyati, IT Park rahbariyati, O‘zbekiston pochtasi, shuningdek, mijozlar va jamoa a’zolari bilan uchrashdi. Hozir u samarali safarini yakunlab, Dubayga qaytgan.

Qolaversa, Asif O‘zbekistonning texnik sohasidagi iste’dodlarning hamda rivojlanishi mumkin bo‘lgan turli xil ta’lim muassasalarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi uni qoyil qoldirganini qo‘shimcha qildi.

 “O‘zimizning markazimizni O’zbekistonda ishga tushirganimizdan so‘ng, o‘z faoliyatimizni boshqa davlat hudularida ham kengaytirib boramiz”, - deya qo‘shimcha qildi Asif.

O‘zbekiston va mahalliy mutaxassislar haqida birinchi taasurotlar

 “O‘zbekiston elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot sohalarida o‘sich uchun ulkan salohiyatga ega. Aholi yosh va juda iste’dodli. Biz mahalliy korxonalarga xizmat ko‘rsatish uchun katta salohiyat hamda O‘zbekistondagi texnologiya va ishlab chiqarish markazlaridan xizmatlarni eksport qilish imkoniyatlari bor ekanligiga ko‘zimiz yetdi”, - deya ta’kidladi xorijlik mutaxassis.

Asifning O‘zbekistondagi boʻlgusi rejalari

Kelajakda Asif Keshodianing zip24 texnologik kompaniyasi nafaqat mahalliy mijozlarga xizmat ko‘rsatishi, balki eksport qilishi uchun IT sohasidagi iste’dodlarni jalb qilib, o‘z faoliyatini mamlakatimizda kengaytirishni rejalashtirmoqda.

 “IT Park va Inha universiteti yordamida, biz tez ribojlanishimiz va yangi IT sohasidagi iste’dodlarni jalb qilishimiz mumkin”, - dedi Asif.



O‘zbekistonda yana loyihalar amalga oshiriladimi?

“Biz o‘zbek bozorini yaxshiroq tushunganimiz sari, O‘zbekistonda yuqori salohiyat va imkoniyatlarni ko‘ra boshlaymiz va shu sababli ko‘proq investitsiya kiritamiz, shuningdek, axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohalari bo‘yicha yangi korxonalar ochamiz”, - deb javob berdi Asif Keshodia.

MDH davlatlari orasida O‘zbekiston IT sohasi bo‘yicha yetakchiga aylanish imkoniyati

“Biz O‘zbekistonning aholisi isteʼdodli ekanligi va ular mahalliy iste’dodlarning ajoyib manbai bo‘lib qolishiga ko‘zimiz yetadi. Shu sababli biz O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda texnologik markazga aylanishiga shubha ham qilmaymiz. Hozirda shuning uchun  O‘zbekistonda o‘z faoliyatimizni kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz, bu esa o‘z navbatida MDH bozorlari uchun mintaqaviy texnologik markaz rolini o‘ynashi mumkin”, - dedi Asif.

Xorijiy mutaxassislarning mahalliy IT bozor va IT mutaxassislarga qiziqishi va ishonch bildirishi O‘zbekiston uchun yaxshi belgi. O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasining kelajagi katta. Shubhasiz, bu kelajakda o‘z mevasini beradi.

2021-03-12