2022-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilingan edi.
Ushbu qabul qilingan qarorga asosan, sportchilarini birlashtirish, Xalqaro-mintaqaviy musoboqalarda yaxshi natijalarga erishish uchun kerakli sharoitlarni yaratish va kibersportning rivojlanishini ta‘minlash maqsadida tashkiliy-amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bulardan, O‘zbekistonning katta shaharlarida va tumanlarida kibersport klublari, o‘yin markazlari kechayu-kunduz tizimida o‘z faoliyatini olib borishi yuzasidan amaliy ishlar olib borildi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyidan boshlab, IT-Parkning Toshkent shahridagi barcha tuman IT-Markazlarida va Jizzax viloyati filialida kibersportga yoshlarni qiziqtirish, ushbu sport turiga bo‘lgan bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida jami 25 ta kibersportchilar uchun kibersport darslari olib borildi.
Yaqin bir necha yil davomida, O‘zbekistonda kibersport turining yanada rivojlanishi va Kibersportchilar uchun yaxshi imkoniyatlar yaratilishi kutilinmoqda.
2023-09-05