2019-yilda, roppa-rosa uch yil avval O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan IT-Park tashkil etilgan edi. O‘z faoliyati davomida kichik tashkilotdan Markaziy Osiyodagi eng yirik IT-xabga aylangan IT-Park startap ekotizimini rivojlantirishga, mahalliy IT-kompaniyalarning o'sishiga va IT-ta'limni ommalashtirishga ulkan hissa qo'shib kelmoqda. Bu, o’z navbatida, mamlakatimizda yuqori texnologiyali yo‘nalishlarni rivojlantirish, IT madaniyati va IT hamjamiyatini yaratishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilgan turli tadbirlar va loyihalarni o‘tkazish bilan birga, tashkilot tomonidan olib borilayotgan axborotlashtirish ishlarini ham alohida ta’kidlash mumkin.
IT Park ijodiy jamoasi har kuni O‘zbekistondagi axborot texnologiyalari olamidan yangiliklar tayyorlabgina qolmay, obunachilarini IT sohasida ro‘y berayotgan voqea-hodisalar bilan tanishtirib, IT-mutaxassislarning muvaffaqiyatlari haqida xabar beradi.
IT Park sahifalarida qiziqarli mualliflik rukn va maqolalarini topish mumkin.
Xususan, 2022-yil boshidan “IT story” rukni o‘z ishini boshladi, unda mushtariylar e’tiboriga yosh bo’lishiga qaramay o‘z ishlarida katta muvaffaqiyatlarga erishgan va yaxshi daromad topayotgan O‘zbekistondagi yosh IT mutaxassislarining hikoyalari havola etiladi. Ushbu maqolalarda yosh iste’dod egalari o‘zlari sevgan narsaga qiziqish, o‘z ustida mehnat qilish insonni buyuk g‘alabalar sari yetaklashini o‘z misolida ko‘rsatib beryotganliklari aks etgan.
Ushbu rukndagi barcha maqolalarni quyida o'qishingiz mumkin:
2022-yil may oyida IT Park O‘zbekistonga ko‘chib kelgan IT-mutaxassislariga bag‘ishlangan ruknni ishga tushirdi.
Loyiha doirasida suhbatdoshlar koʻchib oʻtishga nima turtki boʻlganligi, nega aynan Oʻzbekistonni tanlaganliklari, mamlakatda qanday qiyinchiliklarga duch kelganliklari (masalan, byurokratik muammolar, roʻyxatdan oʻtishdagi qiyinchiliklar va h.k. ) haqida so’zlab berishadi. Bundan tashqari, loyiha mehmonlari mamlakat va uning aholisi haqida o‘z taassurotlari, poytaxtda ularga yoqqan-yoqmagan tomonlar, qaysi shaharlarga tashrif buyurishga muvaffaq bo‘lganliklari va, albatta, totli o’zbek oshxonasi mehmonlarni nimasi bilan jalb qilganiligi haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashadilar.
Ushbu rukndagi barcha maqolalarni quyida o'qishingiz mumkin:
Iyul oyida “Startup Story” rukni o‘z ishini boshladi, uning qahramonlari “AloqaTech Lab” dasturida ishtirok etgan startap loyihalari bo‘ldi. Rukn mushtariylarimiz bilan loyiha mualliflari, ularning yaratilish tarixi, ma’lum mahsulotni yaratishga nima ilhomlantirgani, loyiha ustidagi ishlar qanday boshlagani, dastlabki bosqichlarda qanday qiyinchiliklarga duch kelingani haqidagi startap mualliflari fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, hikoyalar qahramonlari o‘z loyihalarini ilgari surish va rivojlantirish bo‘yicha rejalari haqida gapirib, sohaga endi kirib kelayotgan startapchilarga o’z maslahatlarini berishdi.
Barchaga sevimli bo’lib qolgan “Startup Story” rukni sentyabr oyida o‘z faoliyatini yakunladi, ammo uning ostida chop etilgan maqolalarni quyidagi havolalarda o‘qishingiz mumkin:
IT Park IT sohasi insonning jinsiga qaramaydi va nafaqat erkaklar, balki ayollar ham ushbu sohada o'z o’rnini topishi mumkin degan pozitsiyaga amal qiladi.
“Startup Story” rukni mushtariylarga manzur bo’lganligi uchun sentabr oyida IT Park xuddi shunday “Female Startup” deb nomlangan ruknni ishga tushirdi. Bu safar biz obunachilarimizga ayol-qizlar tashabbusi bilan boshlangan va ishga tushirilgan startaplar haqida so‘zlab berishga qaror qildik. Ruknimizning maqsadi - an'anaviy ravishda erkaklar uchun deb hisoblangan sohada qizlar va ayollar ham o’z karyeralarini qurishlari mumkin ekanligini jamoatchilikka yetkazish. Bu qizlarning hikoyalari fikrimizga isbotdir:
Yosh IT-mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida IT-Park o‘zbekistonlik dasturchilarning xorijda yirik xalqaro kompaniyalarda ishlayotgan muvaffaqiyatlari haqida qiziqarli rukn yo’lga qo’yishga qaror qildi. Shu tariqa, 2022-yil avgust oyida IT-Park sahifalarida “ICT Story” (chet eldagi vatandoshlarimiz) deb nomlangan loyiha paydo bo‘ldi. Bugungi kunga qadar atigi 2 ta material chop etilgan bo’lsa-da, ammo rukn butunlay yangi bo'lgani uchun mushtariylarimizni hali oldinda yanada qiziqarli hikoyalar kutmoqda.
Bundan tashqari, IT Park veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum sana va voqealarga bag'ishlangan intervyular va tahliliy materiallar vaqti-vaqti bilan e'lon qilinadi, ular orasida hamkorlar bilan suhbatlar, tashkilotning eksportni rivojlantirish rejalari haqidagi materiallarni topishingiz, rodshoular qanday o'tkazilganligi haqidagi maqola va, albatta, IT-Park tashkil etilganidan to hozirgi kungacha bo'lgan butun davrdagi yutuqlari bilan tanishishingiz mumkin.
2022-09-27